Yosh tadbirkorlar safi kengayadi
Nurota tumanida Yoshlar mehnat guzari ish boshladi.
Nurota tumanida Yoshlar mehnat guzari ish boshladi.
“Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi tomonidan 3 milliard 300 million soʻm mablagʻ sarflangan guzarda 40 oʻrinli oʻquv markazi, 10 oʻrinli tikuv sexi, goʻzallik saloni, brokerlik byurosi, notarius va videostudiyalar xizmati yoʻlga qoʻyildi.
Shuningdek, “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi tomonidan yosh tadbirkorlar uchun maslahat markazi ham oʻz faoliyatini boshladi.
Tumandagi “Yoshlar mehnat guzari” barcha qulayliklarga ega boʻlib, bugungi zamon talablariga javob beradigan jihozlar asosida qurib bitkazildi.
Endi Nurota tumanida tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlar uchun tashkil etilgan maslahat markazi ham yosh tadbirkorlar safini yana-da kengaytirishga xizmat qiladi.