FOTOREPORTAJ
Navoiy shahridagi Yoshlar markazida viloyat yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i Jasur Murtazoyev va yosh sportchilar o‘rtasidagi uchrashuv samimiy muloqot ruhida o‘tdi.
Tadbirda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar va takliflarini bildirdi. Mahallalarda yoshlarning voleybol sport turi bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratib berilishi va trenerlar biriktirilishi ayni muddao ekani, oliy ta’lim muassasalariga kirishda muayyan imtiyozlarning ahamiyati hamda sport inshootlarida yangi sport inventarlari zarurligi to‘g‘risidagi takliflar shular jumlasidandir.
J. Murtazoyev yoshlarning takliflari tegishli mas’ullar tomonidan alohida e’tiborga olinishini, sport muassasalari zarur yangi jihozlar bilan ta’minlanishini ta’kidladi. Shuningdek, uchrashuv davomida sohada amalga oshirilgan ishlar, yosh sportchilarga yaratilayotgan imkoniyatlar, yil davomida erishilgan natijalarga to‘xtalib, oldinda turgan vazifalar haqida ma’lumot berildi.
[gallery-15239]
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA