Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Sirdaryo viloyatida ham "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish, bog‘ yaratish, chor-atrofni yashillikka burkash borasida xayrli ishlar boshlab yuborildi.

Bu borada Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi xodimlari, sportchi o‘quvchilari ham faol ishtirok etmoqda.

Loyiha doirasida markaz tasarrufida bo‘lgan 4-TIF sport majmuasi hududiga 150 tup katalpa, 120 tup yasin, 120 tup kalyan, 70 tup archa, 50 tup tut, 100 tup sada ko‘chati ekildi.  

–"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida sport majmuamiz hududiga ekilgan har bir to‘p ko‘chat kelgusida katta daraxtga aylanib, majmuamizning yanada chiroyli ko‘rinishiga hissa qo‘shibgina qolmay, bu yerda o‘tkaziladigan sport musobaqalarini tomosha qilgani kelgan yosh sportchilarning ota-onalari, yaqinlari, muxlislarining dam oladigan maskaniga aylanadi, deya o‘ylayman,–deydi Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining suv polosi yo‘nalishi bo‘yicha  o‘quvchisi  Bolbek Narziqulov.

Yosh sportchilar sportdagi kabi ko‘chat ekish tadbirida ham namuna ko‘rsatishdi.

G‘ulom Primov,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh sportchilar "Yashil makon" umummilliy loyihasida