Peru poytaxti Lima shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida rapid va blits yo‘nalishlarida o‘tkazilgan jahon chempionatida mamlakatimiz vakillari munosib natijalarga erishdi.

20 ta mamlakatning 150 nafardan ziyod mahoratli shaxmatchi yoshlari ishtirok etgan jahon chempionatining o‘g‘il bolalar bahsida o‘zbekistonlik “aql gimnastikasi” sohiblaridan Muhiddin Madaminov, Muhammadzohid Suyarov va Humoyun Bekmuratov dona surgan bo‘lsa, qizlar musobaqasida Afro‘za Hamdamova, Umida Omonova hamda Madinabonu Xalilova g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Jahon chempionatining rapid yo‘nalishida o‘tgan 9 ta tur uchrashuvlari yakuniga ko‘ra, hamyurtimiz Muhammadzohid Suyarov 7,5 ochko jamg‘arib, 74 nafar ishtirokchi orasida 1-o‘rinni egalladi. Suyarov o‘tkazilgan o‘yinlar davomida 6 marta g‘alaba qozonib, 3 marta raqiblari bilan durang qayd etdi.

2-o‘rin ham yana bir shaxmatchimiz Muhiddin Madaminovga nasib etdi. U bahslar davomida 5 ta g‘alaba, 4 ta durang bilan 7 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

Terma jamoamiz a’zosi Humoyun Bekmuratov 6 ta g‘alaba, 1 ta durang, 2 ta mag‘lubiyat holatida 6,5 ochko jamg‘arib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 6-pog‘onadan joy oldi.

Ayollar musobaqasida o‘smirlar o‘rtasida ikki marta jahon chempionligiga erishgan hamyurtimiz Afro‘za Hamdamova 20 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchi qizlar bahsida 2-o‘rin bilan kifoyalandi.

Hamdamova o‘tkazilgan 9 ta turning birontasida mag‘lubiyatga uchramadi. O‘tkazilgan bahslar jarayonida 4 marta raqiblarini taslim etgan bo‘lsa, 5 ta uchrashuvda murosa yo‘lini tanladi va 6,5 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga chempionlikka da’vogar 39 nafar qatnashchi orasida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Terma jamoamiz a’zolaridan Umida Omonova 6 ochko bilan beshinchi, Madinabonu Xalilova 5 ochko jamg‘argan holda chempionatni 11-o‘rinda yakunladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh shaxmatchimiz Peruda jahon chempionligiga erishdi