Bugun, 19 sentyabr kuni Qozog‘istonda U8, U10, U12 yosh toifalari o‘rtasida navbatdagi jahon chempionati bahslari boshlandi.

88 ta davlatning 850 nafardan ziyod yosh shaxmatchilari qatnashayotgan chempionatda eng ko‘p ishtirokchi mezbonlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Qozog‘iston 200 nafar yosh shaxmatchini musobaqa qatnashchilari ro‘yxatiga qo‘shgan bo‘lsa, hindistonlik 28 nafar, xitoylik 24 nafar, AQSHlik 24 nafar, o‘zbekistonlik 16 nafar yosh “aql gimnastikasi” sohiblari o‘z yosh toifalarida g‘oliblik yo‘lidagi o‘yinlarda dona suradi.

Bugun chempionatning 1-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Fazliddin Farhodov 8 yoshli o‘g‘il bolalar,  Munisa Mashrabboyeva, Aminabonu Zohirova, Zarina Larina,  Kumushoy Uzoqova, 8 yoshli qizlar,  Nurmuhammad Ne’matillaxonov, Akbar Mustafoqulov, Sultanbek Alikberov 10 yoshli o‘g‘il bolalar,  Husnoraxon Husnitdinova va  Mumtozbegim Sobirova 10 yoshli qizlar, Oriyat Obidjonov,  Muzaffarjon Abdurasulov,  Muhammadnur Nazarov 12 yoshli o‘g‘il hamda  Sarvinoz Bekmuratova, Yasmina Mamarasulova, Nafisa Quvondiqova 12 yoshli qizlar musobaqasida bahslarda qatnashadi.

11 ta turdan iborat musobaqalar 30 sentyabrga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh shaxmatchilarimiz Qozog‘istonda o‘tayotgan jahon chempionatida qatnashmoqda