“Yosh shaxmatchi” festivali
Guliston shahrida ilk bor “Yosh shaxmatchi” festivali tashkil etildi. Unda barcha tuman va shaharlardan kelgan 200 nafardan ziyod yoshlar, ularning ota-onalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev festival ishtirokchilarini sport bayrami bilan qutladi va bolalarning aqliy rivojlanishida shaxmatning o‘rni haqida gapirdi.

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindori, “Osiyoda tengsiz” va “Fide ustasi” nomlariga sazovor bo‘lgan sardobalik yosh mahoratli shaxmatchi Bahrom Bahrullayev ishtirokchilar bilan o‘z tajribalarini o‘rtoqlashdi.

Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.
Festival yakunida qatnashchilar bir partiyadan “Rapid” yo‘nalishida shaxmat o‘ynashdi. Faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi.

Sh.Suyarov, O‘zA