Yosh sambochilarimiz Dushanbe turnirida 7 ta medalli bo‘ldi
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida sambo bo‘yicha o‘tkazilgan "Ismoil Somoniy" xalqaro ochiq kubok bahslarida o‘zbekistonlik yosh sportchilar 7 ta medallar shodasini qo‘lga kiritdi.
Tajribali murabbiy Shavkat Jo‘rayev yetakchiligida Dushanbe turnirida qatnashgan hamyurtlarimiz 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medaliga ega chiqdi.
Shiddatli kechgan kurashlarda Ibrohim Xayrullayev -53 kilogrammda, Rishod Ashurov -30 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida oltin medallarga egalik qilib, shohsupaning eng yuqorisidan joy oldi. Yosh sambochilarimiz O‘lmas Baxtiyorov, Ramziddin Nurmahmadov, Davlat Alirizoyev o‘z vazn toifalarida kumush, Nurmuhammad Abdullayev( -58) va Rahmat Haydarov(-98) bronza medallari sohibi bo‘lishdi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA