Yosh olimlar xorijda stajirovka o‘tamoqda
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2020 yilda tashkil etilgan Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga ilmiy stajirovkalarga yuborish bo‘yicha tanlovlarda g‘olib bo‘lganlar ushbu imkoniyatni qo‘lga kiritgan edi.
bugungi kunda mamlakatimizning turli ilmiy tashkilotlaridan 6 nafar yosh olim Yaponiyaning Tottori universitetida ilmiy stajirovka o‘tamoqda. Ular qatorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi direktori o‘rinbosari K.Idirisov ham bor.
Mazkur ilmiy stajirovka ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA