Anjumanda professor-oʻqituvchilar, mutaxassislar, yosh olimlar, magistrant va iqtidorli talabalar oʻz ilmiy maqolalari bilan ishtirok etdi.

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida "Raqamli iqtisodiyotni shakllantirishda ilm-fan va innovatsion yutuqlarni amaliyotga joriy etishning dolzarb muammolari” mavzuida yosh olimlarning XVII respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini 2020-yil “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi doirasida oʻtkazilgan tadbirda yosh tadqiqotchilar tomonidan arxitektura, qurilish, shaharsozlik, geodeziya, kartografiya, ekologiya, kadastr, iqtisodiyot, turizm, servis sohalarini rivojlantirish va kadrlar sifatini oshirish muammolari va yechimlari muhokama qilindi.

Anjumanda professor-oʻqituvchilar, mutaxassislar, yosh olimlar, magistrant va iqtidorli talabalar oʻz ilmiy maqolalari bilan ishtirok etdi. Konferensiya ishida Turkiyaning Kastamonu universiteti professori, iqtisod fanlari doktori Ozodbek Karamatov, Samarqand arxitektura-qurtlish instituti rektori Sultan Axmedov, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Bosh ilmiy kotibi Gʻanijon Bahodirov va Oʻzbekiston fanlar akademiyasi yosh olimlar kengashi raisi oʻrinbosari Gulsanam Tillayevalarning tabrik soʻzlari yosh olimlarni yana-da ilhomlantirdi.

Anjuman doirasida yosh olimlarning tadqiqot ishlari yoʻnalishlari boʻyicha Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, institut “Yosh olimlar kengashi” va Oʻzbekiston fanlar akademiyasining sertifikat va diplomlari bilan taqdirlanadi.

Anjuman yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi va amaliyotga tatbiq etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ishlab chiqildi.

Lazizbek Ibragimov,
Samarqand davlat arxitektura-qurilish 
instituti yosh olimlar kengashi raisi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh olimlar anjumani