Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, mustaqil fikrlaydigan va intellektual salohiyatli avlodni voyaga yetkazishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish va yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilayotir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Navoiy viloyatining Karmana tumanida yosh oilalar uchun barpo etilgan 64 xonadonga mo‘ljallangan “Kamolot” uyi foydalanishga topshirildi. 

– Yangi uylar mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan iqtidorli, tashabbuskor yosh oilalarga tijorat banklarining ipoteka krediti asosida yigirma yil muddatga, boshlang‘ich to‘lovlarsiz berildi, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Karmana tumani kengashi raisi vazifasini bajaruvchi Tohir Abdurahmonov. – Xonalar keng va yorug‘, shinam, eng muhimi, sifatli qurilgan. Bu Vatanimiz mustaqilligining 24-yilligi oldidan yosh oilalarga munosib sovg‘a bo‘ldi.

Milliy va zamonaviy me’morchilik uyg‘unligida bunyod etilgan ikki va uch xonadan iborat “Kamolot” uylarida barcha sharoit yaratilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh oilalarga “Kamolot” uylari