Yosh merganlar Namanganda jam bo‘ldi
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashining 2026-yilgi sport tadbirlari kalendar rejasiga muvofiq, Namangan shahar o‘quv-sport texnika markazining o‘q otish majmuasida yoshlar o‘rtasida pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston kubogining II (final) bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 103 nafar sportchi ishtirok etdi. 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar VP-6 va PP-3 mashqlari bo‘yicha havo miltig‘i hamda havo to‘pponchasidan o‘q otishda g‘oliblik uchun bellashdi.
[gallery-30690]
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Toshkent viloyati jamoasi birinchi, Namangan viloyati jamoasi ikkinchi, Farg‘ona viloyati jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlariga “Vatanparvar” tashkilotining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA