Bugungi kunda yurtimizda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularni ommaviy kitobxonlikka jalb etish borasida bir qator amaliy ishlar bajarilmoqda.
Xususan, Prezidentimizning besh muhim tashabbusi doirasida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida sakkiz yildirki an’anaviy tarzda «Yosh kitobxon» tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.
Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan joriy yilgi «Yosh kitobxon» tanlovining Toshkent shahar bosqichida ham ishtirokchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, tafakkur va zukkolikda o‘zaro bellashdi.
Tanlov 3 ta yosh toifasida (10-14 yosh, 15-19 yosh, 20-30 yosh) mahalla – sektor – tuman – hudud – respublika bosqichlarida o‘tkazilmoqda. Tanlovda yoshlar «Badiiy asarlar bilimdoni», «Tezkor savol-javob», «Buyuk mutafakkir va adib», «She’riyat», «Insho yozish» shartlarida bellashadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun 10-14 yoshdagilar maxsus shakllantirilgan ro‘yxat asosida 40 nomdagi, 15-19, 20-30 yoshdagilar 50 nomdagi o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari, ilmiy-ommabop asarlarni o‘qishi belgilangan. Ishtirokchilarning kitoblarda ilgari surilgan Vatan, oila va do‘stlarga bo‘lgan sadoqat g‘oyalari, komil inson fazilatlari yuzasidan mustaqil fikr yuritishiga alohida e’tibor qaratiladi.
«Yosh kitobxon» tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘yicha 10-14 yoshlar o‘rtasida 1-o‘rin M.Ulug‘bek tumanidan Dilbar Haydarova, 2-o‘rin Yangihayot tumanidan Zumrad Bekmurodova, 3-o‘rin Chilonzor tumanidan Feruzbek Valiyevga nasib qildi.
15-19 yoshlar o‘rtasida 1-o‘ringa Uchtepa tumanidan Oyguljerin Xaldurdiyeva, 2-o‘ringa Sergeli tumanidan Mushtariy Tursunova hamda 3-o‘ringa Olmazor tumanidan Munisa Mavlonova erishdi.
20-30 yosh toifasida esa 1-o‘rin M.Ulug‘bek tumanidan Kamronbek Ismoilov, 2-o‘rin Yangihayot tumanidan Iroda Omonqulova, 3-o‘rin esa Mirobod tumanidan Maftuna Bozorovaga berildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ZxSTOdzAqBg" title="“Yosh kitobxon”ning Toshkent shahar bosqichi g‘oliblari e’lon qilindi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva, O‘zA
--0--