FOTOREPORTAJ

Yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi hamda kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning intellektual salohiyati va ma’naviy saviyasini yuksaltirish maqsadida mamlakatimizda har yili an’anaviy tarzda “Yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazilmoqda.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat axborot-kutubxona markazida mazkur tanlovning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tanlovning shahar va tumanlar bosqichida g‘olib bo‘lgan 13 nafar ishtirokchi o‘zaro bahslashdi.  

Tanlovning “Badiiy asarlar bilimdoni” va “Tezkor savol-javob” shartlarida ishtirokchilarning bilim va salohiyati sinovdan o‘tkazildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, 10-14 yosh toifasidagi bahslarda respublika bosqichiga qatnashish uchun yo‘llanmani Vobkent tumanidan kelgan ishtirokchi Hanifa Ahrorova qo‘lga kiritdi. 15-19 yosh toifasida Jondor tumanilik  Sabohat Shavkatova g‘olib bo‘ldi. 20-30 yosh toifasidagi sinovlarda birinchi o‘rin qorako‘llik Shamshoda Hamdamovaga nasib etdi.

[gallery-21719]

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yosh kitobxon” tanlovining Buxoro viloyati bosqichi g‘oliblari aniqlandi