“Yosh kitobxon" tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
Poytaxtimizda mahalla yoshlari o‘rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida "Yosh kitobxon" tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, “Besh tashabbus olimpiadasi” mahalla yoshlari o‘rtasida besh bosqichda, jumladan, "mahalla, sektor, tuman (shahar), hududiy va respublika" bosqichida tashkil etilmoqda. Shunga ko‘ra, mahalla va sektor bosqichlaridan saralanib, Toshkent shahar hududiy bosqichiga yetib kelgan yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlar qizg‘in va shiddatli tarzda bo‘lib o‘tdi. G‘olib bo‘lgan sovrindorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xususan, musobaqa natijalariga ko‘ra, 10-14 yosh toifasi bo‘yicha 1-o‘rin Sergeli tumanidan Nigina Xolmurodovaga, 2-o‘rin Yangihayot tumanidan Zilola Odilovaga, 3-o‘rin Yunusobod tumanidan Muslimaxon Yusufjonovaga nasib qildi.

15-19 yosh toifasi bo‘yicha 1-o‘ringa Mirzo Ulug‘bek tumanidan Behruzbek Eshdavlatov , 2-o‘ringa Yashnobod tumanidan Nozima Baxtiyorova, 3-o‘ringa Yakkasaroy tumanidan Nilufar Turkmanboyeva munosib ko‘rildi.


Shuningdek, 20-30 yosh toifasi bo‘yicha 1-o‘rinni Sergeli tumanidan Gulhayo Soliyeva, 2-o‘rinni Yakkasaroy tumanidan Samandar Yusupov hamda 3-o‘rinni Yunusobod tumanidan Doston Tojiyev egalladi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA