Navoiy shahridagi Yoshlar markazida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Yosh kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

10-14, 15-19 va 20-30 yosh toifasida o‘tkazilgan tanlovda ishtirokchilar “Badiiy asarlar bilimdoni” va “Tezkor savol-javob” shartlarida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.  

Yosh kitobxonlar “Badiiy asarlar bilimdoni” shartida o‘zbek  va jahon adabiyotiga oid kitoblarning mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyatini sharhlab bergan bo‘lsa, “Tezkor savol-javob” shartida Ekspertlar komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlardan tuzilgan 5 ta savolga javob berdi.  

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 10-14 yosh toifasida 1-o‘ringa qiziltepalik Ozodbek Sattorov, 15-19 yosh toifasida E’zoza Fayzullayeva va 20-30 yosh toifasida esa xatirchilik Mahliyo Rizayeva munosib deb topilib, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.  

Barcha g‘olib va sovrindorlar Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan  taqdirlandi. 

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Yosh kitobxon" tanlovi g‘oliblari aniqlandi