“Yosh kitobxon” tanlovi: 15-19 yosh toifasida g‘oliblar aniqlandi
Yoshlar ijod saroyida “Yosh kitobxon” tanlovining 15-19 yosh toifasi g‘oliblarini aniqlash uchun respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unga ko‘ra, Samarqand viloyatidan Marhabo Mahkamtosheva 378 ball bilan birinchi o‘rinni egallab “Spark” avtomobili sohibasi bo‘ldi. Andijon viloyatidan Ilhomjon Isroiljonov 268 ball bilan ikkinchi o‘rinni olib, 50 million so‘m pul mukofotiga ega bo‘ldi.

Xorazm viloyatidan Marjona Rajabboyeva esa 260.7 ball bilan uchinchi o‘rinni egalladi va 30 millionni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, final bosqichida qatnashgan barcha ishtirokchilar 10 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlandi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA