Andijon viloyatida yosh kitobxon oilalar o‘rtasida kitob o‘qish madaniyatini oshirish, oilaviy ma’naviy muhitni mustahkamlashga qaratilgan “Yosh kitobxon oila” tanlovining viloyat bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan mazkur tanlov yosh avlodni badiiy adabiyotga bo‘lgan muhabbatini kuchaytirish va o‘qish madaniyatini shakllantirishga muhim hissa qo‘shmoqda. Tanlovda Andijon viloyatidan 4 312 ta yosh kitobxon oila ishtirok etish uchun ariza topshirgan, ular dastlab tuman va shahar bosqichlarida o‘z salohiyatini namoyon etgan.

Viloyat bosqichida esa 16 ta eng muvaffaqiyatli oila o‘zaro bellashib, ikki bosqichdan iborat sinovda o‘z bilim va tezkorlik salohiyatini sinashdi. Birinchi bosqich – “Badiiy asarlar bilimdoni”da ishtirokchilar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini taqdim etgan bo‘lsa, ikkinchi bosqich – “Tezkor savol-javob”da 4 ta savolga ikki daqiqa mobaynida aniq va tez javob berish talab etildi. Ushbu bosqichda oila boshi hamda oila bekasi birdek mas’uliyat bilan qatnashgani alohida e’tirof etildi.

[gallery-25865]

Tanlov natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Buloqboshi tumani, Ko‘prikboshi mahallasidan Maxammadjonovlar oilasi, 2-o‘rinni Qo‘rg‘ontepa tumani, Uch tegirmon mahallasidan Iminjonovlar oilasi, 3-o‘rinni Paxtaobod tumani, Olmazor mahallasidan Qaraboyevlar oilasi egalladi.

Eng yuqori ball to‘plagan Maxammadjonovlar oilasi tanlovning respublika bosqichida Andijon viloyati sharafini himoya qilish huquqiga ega bo‘ldi.

Mazkur tanlov nafaqat kitob o‘qish madaniyatini targ‘ib etish, balki oila a’zolari o‘rtasida yagona maqsadga erishishga, ularning intellektual salohiyatini namoyon etishga xizmat qiladigan muhim platformaga aylanmoqda. Kitob esa oilani birlashtiruvchi asosiy qadriyatlardan biri bo‘lib qolmoqda.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/3QC7lH3ym1o" title="“Yosh kitobxon oila” tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Faxriddin Ubaydullayev,

Zuhriddin Umrzoqov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yosh kitobxon oila” tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi