Kitob inson tafakkurini charxlaydi, dunyoqarashini kengaytiradi. Bugungi yoshlarning kitobga mehr qo‘yishi va o‘z ustida tinimsiz ishlashi nafaqat shaxsiy muvaffaqiyat, balki tengdoshlari uchun ham ibratdir.
Shunga ko‘ra, bugungi kunda Yoshlar ishlari agentligi va qator hamkor tashkilotlar tomonidan yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida turli tanlov va tashabbuslar amalga oshirilmoqda. “Yosh kitobxon” va “Yosh kitobxon oila” kabi tanlovlar hamda tanlov g‘oliblarini munosib rag‘batlantirish yoshlarimizni kitob o‘qishga bo‘lgan intilishini oshirmoqda.

Poytaxtimizdagi Yashnobod tumani yoshlari ham bu jarayonlarda faol ishtirok etib, o‘z bilimdonligi va mutolaa madaniyati bilan faxrli o‘rinlarni egallamoqda.

Xususan, tumanning Ahmad Yassaviy mahallasidan Diyora Bahramova, Jo‘rabek mahallasidan Nozima Baxtiyorova, Qalqon mahallasidan Jasmini Botirboyevalar "Yosh kitobxon" tanlovining tuman bosqichida g‘olib bo‘ldi. Ular faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA