Yosh kimyogarlar tanlovi bo‘lib o‘tdi
FOTOREPORTAJ
26-29 may kunlari “Barqaror rivojlanishda fundamental fanlar Xalqaro yili” (YUNESKO) doirasida “Kimyo-barqaror rivojlanish uchun” xalqaro ilmiy-texnikaviy haftaligi bo‘lib o‘tdi. Haftalik doirasida respublika kimyo olimpiadasi ham o‘tkazildi.
[gallery-7352]
«O‘zkimyosanoat» AJ, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Rossiya kimyo-texnologiya universitetining poytaxtimizdagi filiali tomonidan tashkil qilingan olimpiadada respublikamizdagi umumta’lim maktablaridan yuz nafarga yaqin 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi. Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini, ilm–fan natijadorligini oshirish maqsadida o‘tkazilgan tanlov yagona ilmiy-uslubiy yondashuv asosida adolatlilik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tdi.
Tanlov g‘oliblari zamonaviy noutbuk, planshet va smartfon bilan rag‘batlantirildi.
Davronbek ERNAZAROv (surat),O‘zA