Namangan viloyati musiqali drama teatrida “Turon” teatr maktabi respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan viloyat madaniyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ertamiz egalarining ma’naviy dunyoqarashini boyitish, aqliy salohiyatini yuksaltirish hamda teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida umumta’lim maktablari teatr jamoalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan tanlovning viloyat bosqichida saralash va hududiy bosqichlarda 5 ming 700 dan ziyod o‘quvchi ichidan g‘olib chiqqan 14 jamoaning 112 nafar bo‘lajak aktyori mahoratini namoyon qildi.

Tadbirning tantanali ochilishida Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari G‘ulomjon Murodxo‘jayev, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimi Muhammadjon Komiljonov ta’kidlaganidek, mazkur tanlovni Prezidentimizning Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida berilgan topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida ham tashkil etish yo‘lga qo‘yildi.

[gallery-17173]

– Talantli o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim o‘rin tutadigan tanlov Namanganda qizg‘in ruhda o‘tdi, – deydi tanlov hakamlar hay’ati raisi, “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni sohibi, taniqli so‘z ustasi Valijon Shamshiyev. – Ishtirokchi jamoalar tanishtiruv, savol-javob va sahnaga chiqish shartlari bo‘yicha bellashib, unda o‘quvchilarning ijodiy salohiyati, iqtidori yaqqol ifodasini topdi. Buyuk siymolar, yozuvchilarning asarlarida ifoda etilgan qahramonlar obrazlari sahna orqali mahorat bilan gavdalantirilib, ijro etilgan har bir rol tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi. Maktab teatr jamoalarining chiqishlarini kuzatish asnosida yoshlar orasida teatr san’atiga qiziquvchi, mahoratli yosh iqtidor egalari bisyor ekanligini ko‘rib, behad xursand bo‘ldik. 

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, Namangan shahridagi 31-sonli umumta’lim maktabining “Ibrat izdoshlari” teatr jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. Ikkinchi o‘rinni Uchqo‘rg‘on tumanidagi 21-sonli umumta’lim maktabining “Yuksalish” jamoasi egalladi. Uchinchi o‘rin esa Davlatobod tumanidagi 52-sonli umumta’lim maktabining “Nihol” jamoasiga nasib qildi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/o6IZIwO3X48" title="Yosh iqtidor egalari saralandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Tanlovning g‘olib va sovrindorlari, shuningdek, faol ishtirok etgan teatr jamoalari viloyat hokimligi, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan taqdirlandi.

“Turon” teatr maktabi Respublika tanlovida g‘olib chiqqan yoshlar bir hafta davomida Turkiya bo‘ylab sayohatda bo‘lishadi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh iqtidor egalari saralandi (+video)