FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida o‘tkazilayotgan “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonining respublika bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlardan 100 dan ziyod innovator yoshlar ishtirok etmoqda.

Mazkur texnologik rivojlanish marafoni oliy ta’lim muassasalaridagi ilmga chanqoq, iqtidorli yoshlarning innovatsiya, startap, texnologiya, dasturlash borasidagi bilimini oshirish, loyihalar yaratish hamda tijoratlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirishda katta ahamiyat kasb etadi. Marafon dasturiy ta’minot va texnologik yechim yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy hamda innovatsion g‘oyalar, loyihalar, shuningdek, tashabbuslari bor 30 yoshgacha bo‘lgan minglab istiqbolli hamda innovator yoshlarni birlashtira olgan yirik loyihalardan hisoblanadi.

[gallery-19692]

Ayni paytda ishtirokchilar tegishli yo‘nalishlar kesimida o‘zining innovatsion hamda dasturiy loyihalari taqdimotini o‘tkazmoqda. Shuningdek, marafon doirasida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilayotir.

11 oktyabrga qadar davom etadigan tadbirda ishtirokchilar “3D modellashtirish”, “DroneRacing” yo‘nalishlarida onlayn hamda amaliy tarzda innovatsion g‘oyalar yaratish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh innovatorlar marafoni