Yosh dzyudochilarimiz muvaffaqiyati
Qozog‘istonning Olmaota shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo ochiq kubogi yakuniga yetdi.
Musobaqaning so‘nggi kuni yoshlar o‘rtasidagi bahslar bo‘lib o‘tdi. Keskin va murosasiz o‘tgan bahslarda dzyudochilarimiz 6 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza, jami 14 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida mezbonlardan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo ochiq kubogining dastlabki ikki kunida o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 8 ta kumush, 11 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA