Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida joylashgan «Geolog» sport majmuasida dzyudo bo‘yicha 2008-2009 yillarda tug‘ilgan polvonlar o‘rtasida mamlakat kubogi o‘tkazilmoqda.
Chempionatning ikkinchi kunida o‘g‘il bolalar -66, -73 va -81 kg vazn toifalarida o‘zaro raqobatlashdi va unda Sanjarbek Ashurov (Buxoro),Sa’dulla Ravshanov (Qashqadaryo) va Inomjon Bahodirov (Toshkent shahri) barcha raqiblarini yengib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Qizlar o‘rtasida -52, -57 va -63 kg vazn toifalarida o‘tgan keskin va murosasiz bellashuvlarda Zuhra Alimova (Xorazm), Maftuna Ahmedova (Xorazm) va Zuhrajon Umarova (Xorazm) shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA