Yosh dzyudochilarimiz Indoneziyada zafar quchdi
Indoneziyaning Jakarta shahrida dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan "Jakarta International Judo championship-5" xalqaro musobaqasida mamlakatimizning yosh sportchilari munosib natijaga erishdi.
Shiddatli musobaqalar yakuniga ko‘ra, hamyurtlarimiz 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medaliga musharraf bo‘ldi.
2007-2009, 2010-2012 yillarda to‘g‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Sardor Hoshimov, Akobir Ikromov, Abdulloh Husanboyev, Muhammadamir Qodirov, Bilol Abdug‘afforov va Bunyod Nosirov sovrinli o‘rinlarga ega chiqqan holda vatanimiz sport shuhratini ulug‘ladi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA