Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi “Yulduz” madaniyat uyida “Rahbar va yosh dasturchilar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda yurtimizda innovatsion g‘oya va ishlanmalar bilan shug‘ullanayotgan yoshlar ko‘plab topiladi. Ularning eng sara va foydali mobil ilovalari, dasturlar va ratsionalizatorlik takliflari moddiy qo‘llab-quvvatlanib, hayotga tatbiq etish uchun moliyalashtirilmoqda. Iqtidorli dasturchilar esa xorijda malaka oshirib, tajriba almashmoqda. Ilmiy g‘oyalar markazlari va yoshlar jamg‘armalari tashkil etilib, bepul axborot texnologiyalari yo‘nalishida o‘qitilmoqda. 

Zarafshon shahrida ham kam ta’minlangan oilalar farzandlariga bepul IT ta’limini yo‘lga qo‘yish maqsadida shahar hokimi Nazirbek Rahmonov, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Mavluda Tursunova hamda “Thompson school“ o‘quv markazi direktori Shahzod Bahodirov o‘rtasida memorandum imzolangan edi. 

Unga ko‘ra, reyestrga kiritilgan kam ta’minlangan oilalarning farzandlariga bepul IT yo‘nalishida tahsil olish imkoniyati yaratildi.

Tadbirda ushbu loyihada ishtirok etib, 5 oylik IT ta’lim kursini muvaffaqiyatli tamomlagan 35 nafar yosh dasturchiga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh dasturchilar taqdirlandi