Joriy yilning 14-17 may kunlari Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari Agentligi, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Mahallalar Uyushmasi, Sport, Madaniyat, Transport va Sog‘likni saqlash vazirliklari, Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “O‘ztemiryo‘l” aksiyadorlik jamiyati, Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hamkorligida o‘tkazilgan “Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasining 2025-yilgi mavsumi o‘z nihoyasiga yetdi.

Uch kun davomida shiddatli bellashuvlar, yorqin taassurotlar va unutilmas lahzalarga boy tarzda kechgan musobaqaning taqdirlash marosimi ham ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Unda so‘z olganlar bugun mamlakatimizning “oltin fondi” bo‘lgan yoshlarimizga qaratilayotgan e’tibor har qachongidan ham yuqori ekanini, o‘z navbatida bilimli, zukko va salohiyatli yoshlarimiz ham o‘zlarining intilishilari-yu shijoatlari bilan yangi-yangi marralarni zabt etib kelayotganlari e’trof etildi. Shuningdek, o‘tkazilgan musobaqa yoshlarning harbiylikka havasini oshirib, kelgusida ularga kasb tanlash borasida keng imkoniyatlarni yaratishi ham ta’kidlab o‘tildi.

Musobaqani har jihatdan sifatli va mazmunli tashkil etish hamda g‘olib jamoalarni rag‘batlantirishda o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan hamkor vazirlik va idoralarga minnatdorchilik bildirilgach, taqdirlash jarayoni boshlandi.

Dastlab, shartlarning har birida eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan jamoalarning a’zolari yakka tartibda maxsus diplomlar va sovg‘alar bilan taqdirlangach, To‘maris avlodlari sifatida yigitlar bilan bir safda turib o‘zlarining shijoatu, matonatlarini namoyon etgan o‘quvchi qizlar alohida e’tirof etildi.

Shundan so‘ng, musobaqaning eng hayajonli daqiqalariga navbat yetib, jamoalarni erishgan natijalari ketma-ketligida taqdirlash marosimi boshlandi. E’tiborlisi, ishtirokchilarning barchasi tashkilotchilar  tomonidan maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 3-o‘rinni Sirdaryo viloyati Shirin shahridagi  4 umumta’lim maktabning "Burgutlar"  jamoasi egallagan bo‘lsa, 2-o‘ringa Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanidagi 8 umumta’lim maktabining "Vatanparvar"  jamoasi munosib deb topildi.

“Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasining  2025-yilgi mavsumi Respublika final bosqichi mutlaq g‘olibligi esa, Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi 2 umumta’lim maktabining "Temurbeklar"  jamoasiga nasib etdi.

 Tadbir davomida DXX Chegara qo‘shinlari Ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan ijro etilgan vatanparvarlik, yurtga sadoqat hamda mehr-oqibatni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar, shuningdek harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi elementlari asosidagi ko‘rgazmali chiqishlari barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasining respublika bosqichi yakunlandi