So‘nggi yillarda botanika fani nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. O‘simliklar bioxilma-xilligini chuqur o‘rganish, ularni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish jarayonlariga tatbiq etish masalalari jahon miqyosida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu jarayonda esa albatta  yosh olimlarning faol ishtiroki, ijodiy yondashuvlari va ilg‘or g‘oyalari alohida o‘rin tutadi.

Shu maqsadda, 2025 yil 11–12 sentyabr kunlari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika institutida an’anaviy “Yosh botanik olimlar konferensiyasi” bo‘lib o‘tdi. 

Bu gal tadbir ilk bor xalqaro miqyosda o‘tkazilib, unda nafaqat mamlakatimiz, balki Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqa davlatlardan kelgan yosh tadqiqotchilar ham ishtirok etishdi. 

Konferensiyada botanika fanining turli sohalaridagi eng dolzarb masalalar muhokama qilindi. Tabiiy ekotizimlarda o‘simliklar xilma-xilligini tadqiq etishning zamonaviy uslublari, IUCN Qizil ro‘yxati hamda milliy Qizil kitob asosida yo‘qolib borayotgan turlarni baholash usullari, shuningdek molekulyar-genetik tahlillar va bioinformatikaning botanikada qo‘llanishi haqida ilmiy fikrlar almashildi.

 Shu bilan birga, biotexnologiya, o‘simliklar biokimyosi va strukturaviy botanika sohasidagi so‘nggi yutuqlar taqdim etildi. Kamyob turlarni introduksiya qilish va ex-situ saqlash texnologiyalari esa konferensiya ishtirokchilarida alohida qiziqish uyg‘otdi.

Ilmiy tadbir yosh olimlar uchun o‘z izlanish natijalarini namoyish etish, tajriba almashish va xalqaro aloqalarni mustahkamlash imkonini berdi. Munozaralar jarayonida nafaqat ilmiy xulosalar umumlashtirildi, balki ekologik va biotexnologik tashabbuslar ham ilgari surildi. Eng faol ishtirokchilar esa taqdirlandi.

Konferensiyaning amaliy ahamiyati haqida so‘z yuritar ekan, Botanika institutini modernizatsiya qilish loyihasi rahbari — Dilmurod Mahmudjonov shunday deydi: 

— Ushbu loyiha Jahon banki tomonidan qo‘llab-quvvatlanfdi va to‘rtinchi marta o‘tkazilayotgan yosh botanik olimlar konferensiyasi bu yil ilk bor xalqaro darajada o‘tkazilishi bilan ahamiyatli. Rossiya, Xitoy va qo‘shni O‘rta Osiyo davlatlaridan kelgan yosh tadqiqotchilar nafaqat oflayn, balki onlayn tarzda ham ishtirok etib, olib borgan ilmiy ishlari natijalarini taqdim etmoqda. Bu platforma yoshlar uchun faqat o‘z natijalarini namoyish etish maydoni emas, balki hamkorlik va tajriba almashish maskanidir.

Xalqaro hamkorlikning zarurligini ta’kidlar ekan, olim qo‘shib qo‘ydi:

— Zamonaviy botanik tadqiqotlar faqat mahalliy doirada emas, balki xalqaro hamkorlikda amalga oshirilganda samarali natija beradi. O‘zbekiston Botanika institutida yosh olimlar xorijiy hamkasblar bilan yaqindan tanishib, ilmiy metodlar va g‘oyalar almashmoqda. Bu esa mamlakatimiz botanikasining yangi bosqichga ko‘tarilishida muhim ahamiyatga ega.

Uning so‘zlariga ko‘ra, institutda olib borilayotgan izlanishlar klassik yo‘nalishlardan tashqari molekulyar tadqiqotlar va axborot texnologiyalarini qamrab olgan holda yangi sifat darajasiga ko‘tarilgan. Yosh tadqiqotchilarning maqolalari nufuzli xalqaro jurnallarda chop etilmoqda, natijada institut 2022 yilda Fanlar akademiyasi tizimida eng ilmiy va innovatsion muassasa sifatida e’tirof etilgan.

— Bu e’tirofni saqlab qolish mas’uliyati katta. Shu bois yosh olimlar, doktorantlar va magistrlar birgalikda izlanish olib borishga intilmoqda. Ayni paytda, biz uchun eng asosiy maqsad — O‘zbekiston botanikasini dunyo miqyosida munosib namoyon etish, — deya ta’kidladi, yosh tadqiqotchi.

Toshkentda o‘tkazilgan ushbu konferensiya yosh botaniklar uchun nafaqat ilmiy maydon, balki yangi hamkorlik va ilmiy izlanishlarga yo‘l ochib beruvchi muhim makonga aylandi. Mazkur tashabbus Markaziy Osiyoda bioxilma-xillikni asrash va barqaror rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda yoshlar salohiyatini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

M.Eshmirzayeva, A.Alijonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh botaniklarning xalqaro hamkorligi kuchaymoqda