“Yosh aloqachi”da ta’til maroqli o‘tmoqda
FOTOREPORTAJ
“Yosh aloqachi” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga ayni uchinchi mavsum davrida 185 nafar bolajon jalb qilindi.
Barcha qulayliklarga ega shinam va keng xonalar, suzish havzalari, sport maydonlari, kutubxona bolajonlar ixtiyorida.
Oromgohda turli ma’naviy tadbirlar, festivallar, tanlov va sport musobaqalari muntazam o‘tkazib turiladi.
Navbatdagi ana shunday harbiy-vatanparvarlik festivali “Men ham harbiy bo‘laman” shiori ostida tashkil etildi.
Vatanparvarlik festivalida Buxoro garnizoni, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Qo‘riqlash boshqarmasi, Buxoro harbiy prokuraturasi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, viloyat faxriylar va jamoatchilik kengashlari vakillari ishtirok etdi.
[gallery-18356]
Vatanparvarlik festivalida yoshlarni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadiga qaratilgan sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Qo‘g‘irchoq teatrining chiqishlari ayniqsa, yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA