2024-yil 16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, yoqilg‘i-energetika resurslarining 2024-2025-yillarda bosqichma-bosqich o‘zgaradigan yangi narxlari hamda shu yilning 1-may sanasidan e’tiboran, aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining bazaviy me’yorlari tasdiqlandi.

Joriy yilning 1-mayidan boshlab, elektr energiyasi narxi iste’molchilarning I va II guruhlariga kiruvchi qismiga o‘zgarishsiz – 1 kVt·soat uchun 1000 so‘m hamda 900 so‘mdan qolmoqda.

Iste’molchilarning III guruhi, shu jumladan, ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy iste’molchilar uchun bir oydagi iste’moldan kelib chiqib:

  • oyiga 200 kVt·soatgacha – 225 so‘m;
  • oyiga 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha – 450 so‘m;
  • oyiga 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgacha – 675 so‘m;
  • oyiga 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgacha – 787,5 so‘m;
  • oyiga 10 000 kVt·soat va undan yuqori – 900 so‘mdan etib belgilanmoqda.

Qolgan maishiy iste’molchilar uchun esa bir oydagi iste’moldan kelib chiqib:

  • oyiga 200 kVt·soatgacha – 450 so‘m;
  • oyiga 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha – 900 so‘m;
  • oyiga 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgacha – 1 350 so‘m;
  • oyiga 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgacha – 1 575 so‘m;

oyiga 10 000 kVt·soat va undan yuqori – 1 800 so‘mdan etib belgilanmoqda.

Iste’molchilarning IV guruhi uchun ham narxlar o‘zgarishsiz – 1 kVt·soat uchun 900 so‘mdan qolmoqda.

Qarorda tabiiy gaz yetkazib berish narxidagi o‘zgarishlar ham belgilangan.

Barcha iste’molchilar uchun to‘lov miqdori o‘zgarishsiz, ya’ni bir kubometr uchun 1 500 so‘mdan qolmoqda.

Yirik ulgurji iste’molchilar hamda byudjet tashkilotlari uchun ham tabiiy gaz narxi o‘zgarishsiz – bir kubometr uchun 1 800 so‘mdan qolmoqda.

Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga mavsumga qarab narx belgilanmoqda. Xususan, noyabr-fevral oylari davomida bir oydagi iste’moldan kelib chiqib tegishli narx belgilanmoqda.

  • oyiga 500 kub metrgacha – 650 so‘m;
  • oyiga 501 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 500 so‘m;
  • oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 1 950 so‘m;
  • oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 275 so‘m;
  • oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz iste’mol qiladiganlar bir kub metr uchun 2 600 so‘mdan to‘lashlari belgilanmoqda.

Mart – oktyabr oylarida iste’molchilar bir oydagi iste’molidan kelib chiqqan holda quyidagicha haq to‘laydi.

  • oyiga 100 kub metrgacha – 650 so‘m;
  • oyiga 101 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 500 so‘m;

oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz iste’mol qiladiganlar bir kub metr uchun 2 600 so‘mdan to‘laydilar.

Aholiga maishiy ehtiyojlar uchun sotiladigan suyultirilgan gazning bir kilogrammi uchun to‘lov 1 600 so‘m etib belgilanyapti.

2024-yilning 1-iyulidan boshlab esa avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari uchun bir kub metr tabiiy gaz 1 800 so‘mdan yetkazib beriladi.

Qaror bilan 2025-yilning 1-aprelidan e’tiboran bosqichma-bosqich o‘zgaradigan narxlar ham belgilab berilmoqda. 

Xususan, 2025-yil apreldan boshlab, elektr energiyasi narxi iste’molchilarning I guruhiga kiruvchi qismiga o‘zgarishsiz – 1 kVt·soat uchun 1 000 so‘m etib belgilanyapti. II guruh iste’molchilar uchun ham bir kilovatt·soat elektr energiyasi 1000 so‘mdan yetkazib beriladi.

  • oyiga 200 kVt·soatgacha – 300 so‘m;
  • oyiga 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha – 500 so‘m;
  • oyiga 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgacha – 750 so‘m;
  • oyiga 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgacha – 875 so‘m;
  • oyiga 10 000 kVt·soat va undan yuqori – 1 000 so‘mdan etib belgilanmoqda.

  • oyiga 200 kVt·soatgacha – 600 so‘m;
  • oyiga 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha – 1 000 so‘m;
  • oyiga 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgacha – 1 500 so‘m;
  • oyiga 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgacha – 1 750 so‘m;

oyiga 10 000 kVt·soat va undan yuqori – 2 000 so‘mdan etib belgilanyapti.

Iste’molchilarning IV guruhi ham keyingi yilning 
1-aprelidan e’tiboran bir kVt·soat elektr energiyasi uchun 
1 000 so‘mdan to‘laydilar.

Tabiiy gaz yetkazib berish narxi esa quyidagicha o‘zgaradi.

Barcha iste’molchilar uchun to‘lov miqdori bir kubometr uchun 1 800 so‘mdan etib belgilanmoqda.

Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari uchun bir kub metr tabiiy gaz 2 500 so‘mdan yetkazib berilsa, issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari buning uchun 1 800 so‘mdan to‘laydilar.

Aholining kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun iste’mol qiladigan tabiiy gazi uchun narxlar o‘zgaradi. Ya’ni, kelgusi yilning 1-aprelidan e’tiboran, noyabr-fevral oylari davomida bir oydagi iste’moldan kelib chiqib:

  • oyiga 500 kub metrgacha – 1 000 so‘m;
  • oyiga 501 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 800 so‘m;
  • oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 2 100 so‘m;
  • oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 500 so‘m;
  • oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz iste’mol qiladiganlar bir kub metr uchun 3 000 so‘m etib belgilanyapti.

Mart – oktyabr oylaridagi bir oylik iste’mol uchun esa quyidagicha haq to‘lanadi:

  • oyiga 100 kub metrgacha – 1 000 so‘m;
  • oyiga 101 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 800 so‘m;

oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz iste’mol qiladiganlar bir kub metr uchun 3 000 so‘mdan to‘laydilar.

Aholiga maishiy ehtiyojlar uchun sotiladigan suyultirilgan gazning bir kilogrammi uchun to‘lov 2 000 so‘m bo‘ladi.

Aytish kerakki, qaror bilan 2024-yil 1-maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining bazaviy me’yorlari ham belgilanmoqda.

Unga ko‘ra, elektr energiyasi bir oylik bazaviy me’yori 200 kVt·soatni, tabiiy gaz uchun esa isitish mavsumida 500 kub metrni, boshqa mavsumda esa 100 kub metrni tashkil qilmoqda.

Isitish mavsumi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktyabr – fevral oylarini, boshqa hududlarda esa noyabr – fevral oylarini qamrab oladi.

Isitishdan tashqari mavsum Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida mart – sentyabr oylarini, boshqa hududlarda esa mart – oktyabr oylarini qamrab olishi nazarda tutilmoqda.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoqilg‘i-energetika sohasidagi islohotlar yuzasidan hukumat qarori qabul qilindi