Yong‘inni tez o‘chirish amaliy-taktik mashqlari sinovdan o‘tkazildi (+video)
Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida “Ta’lim muassasalarida yong‘in sodir bo‘lganda evakuatsiya ishlarini tashkil etish va yong‘inni bartaraf etish” mavzuida ko‘rgazmali yong‘in o‘chirish amaliy-taktik mashqlari o‘tkazildi.
O‘quv mashqida akademiya 5-bosqich kursantlari hamda Ofitserlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi tinglovchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, akademiya kursantlariga katta va murakkab yong‘inlarda kuch va vositalarni to‘g‘ri boshqarish, nostandart vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish, yong‘inni qisqa muddatda kam talafot bilan bartaraf etish taktikasi o‘rgatildi.
Mashq davomida fuqarolarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda yong‘inni qisqa fursatlarda bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi. Shu bilan birga, tezkor boshqaruv shtabi, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari hamda hamkor tashkilotlar o‘rtasidagi muvofiqlashtirilgan harakatlar, axborot almashinuvi va tezkor qaror qabul qilish jarayonlari amaliy jihatdan sinovdan o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda zamonaviy yong‘in-qutqaruv texnikalari va maxsus asbob-uskunalardan samarali foydalanish imkoniyatlari namoyish etildi.
Shuningdek, FVV Ilmiy-innovatsion va sinov-tadqiqot institutining yong‘in-texnik laboratoriya avtomobili ishtirokida yong‘in sabablarini aniqlash va tahlil qilish bo‘yicha ko‘nikmalar ham amalda namoyon etildi.
Mazkur taktik o‘quv mashqi tinglovchi va kursantlarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ularni real vaziyatlarga yaqin sharoitlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilishga tayyorlash hamda kasbiy mahoratini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Mashq yakunida mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarning harakatlari tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/phT7bQ7fASU" title="Yong‘inni tez o‘chirish amaliy-taktik mashqlari sinovdan o‘tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva,
Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj), O‘zA