Yongʻin ichida qolayotgan hudud
Gretsiya shimolidagi Sitoniya yarim orolida yuz bergan yongʻin qaragʻay oʻrmonlarining katta qismini nobud qildi. Bu haqda “euronews” xabar tarqatmoqda.
Gretsiya shimolidagi Sitoniya yarim orolida yuz bergan yongʻin qaragʻay oʻrmonlarining katta qismini nobud qildi. Bu haqda “euronews” xabar tarqatmoqda.
Yongʻinga qarshi kurashish ishlariga 80 ga yaqin qutqaruvchi, oʻnlab koʻngilli, oʻt oʻchirish mashinalari va samolyotlar jalb qilingan. Shunga qaramasdan kuchli shamol ofatga qarshi kurashishga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Ayni kunlarda yarim orol osmonida qora bulutlar kezmoqda. Tilsiz yov orolning Sharqiy qismini butunlay egallab olgan. Sarti qishloq aholisi elektr energiyasi va telefon tarmogʻidan uzilib qolgan. 25 oktyabr holatiga koʻra, olov Filiro qishlogʻigacha yetib borgan.
Maʼlumot oʻrnida: shu yilning iyul oyida ham Afina yaqinida yirik yongʻin sodir boʻlgan edi. Ofat oqibatida katta maydondagi oʻrmonlar alanga ichida qolgan va 90 kishi qurbon boʻlgandi.