AOKAda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ishtirokida brifing tashkil etildi. Unda bu yilgi oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari xususida ma’lumot berildi.

Ma’lumki, joriy o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish ikki bosqichda – “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oshirilmoqda.  

Qayd etilishicha, ayni kunlarda abituriyentlar tomonidan oliy ta’lim muassasalarini tanlash bosqichi davom etmoqda. Abituriyentlar my.uzbmb.uz portali orqali 10 avgustga qadar (shu kuni ham) oliy ta’lim muassasalari yo‘nalishlarini tanlashlari talab etiladi. Yo‘nalishlarni belgilangan muddatgacha tanlamagan abituriyentlar oliygohlarga qabul qilinmaydi.  

Tanlov jarayonida abituriyentlar beshtagacha oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishlari va shakllari hamda tanlov ustuvorligini belgilashi lozim.  

Agar abituriyent ustuvorlik sifatida “Davlat granti”ni tanlasa, u dastlab davlat granti uchun ajratilgan qabul parametrlari doirasida, tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi asosida to‘plagan bali bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi. Abituriyent davlat grantiga talabalikka tavsiya etilmagan taqdirda, yuqoridagi tartib bo‘yicha to‘lov-kontrakt uchun ajratilgan qabul parametrlari doirasida tanlovda qatnashadi. Ya’ni, abituriyentning bali avval davlat granti bo‘yicha ko‘rib chiqiladi, hech biriga tavsiya etilmagan taqdirda, to‘lov-kontrakt bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.  

Agar abituriyent “Ta’lim yo‘nalishi”ni ustuvorlik sifatida tanlasa, ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi asosida to‘plagan bali bo‘yicha davlat granti va to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etadi.  

Shuningdek, abituriyentlar agar maqsadli qabul mavjud bo‘lsa, unga rozi yoki yo‘qligi hamda ta’lim shakllarini tanlashi lozim. Bunda kamida 1 ta ta’lim yo‘nalishini tanlash majburiy, qolgan ta’lim yo‘nalishlarini tanlash esa ixtiyoriydir. Shu o‘rinda 10 avgustga qadar abituriyentlar my.uzbmb.uz portalidagi shaxsiy kabinetlarida kiritgan tanlovlarini tahrir qilish imkoniyatiga ham ega.  

Talabalarning sifatli ta’lim olishlari uchun muhim omillardan biri ularni turar joy bilan ta’minlash masalasidir. 2024/2025 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha kurs talabalari yotoqxonalarga onlayn ariza yuborish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin. Yotoqxona bilan qamrab olinmagan va ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining 60 foiziga oylik ijara to‘lovining bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan qoplab beriladi.  

Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart. Bunda talabgorlarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’i nazar, Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, qolgan hududlarda — bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lanadi.  

So‘nggi yillarda respublikada yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrovi oshib borishi bilan bir qatorda, yotoqxonalarga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda. Hozirda 112 ta oliygohda jami 338 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, ularning sig‘imi 127 ming 792 o‘rinni tashkil etmoqda. 2024 yil davomida talabalar turar joylarini qurish hisobiga 27 mingta o‘rin yaratish topshirig‘i berilgan. Ayni paytda 34 ming 320 o‘rinli 67 ta talabalar turar joyini qurish ishlari olib borilmoqda. Joriy yil yakuniga qadar Davlat dasturida belgilangan talabalar turar joylari qurib foydalanishga topshiriladi.  

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yo‘nalishlarni belgilangan muddatgacha tanlamagan abituriyentlar oliygohlarga qabul qilinmaydi