Rossiya-Ukraina urushini 24 soatda tugatishga va’da bergan Trampning Oq uyga kelganiga 25 kun bo‘lgan bo‘lsa, 3 kunda Ukrainani zabt etish bilan «katta ketgan» Putinning urush boshlaganiga bir necha kunlardan keyin 3 yil to‘ladi.

Odatda bir-biri bilan til topisha oladigan siyosatchilar sifatida ko‘riladigan Tramp va Putin nihoyat ushbu hafta 1,5 soatlik telefon muloqotini olib bordi. Trampning Yevropasiz urushni hal qilish ishtiyoqi G‘arbni shubhalantirib qo‘ydi.

AQSH Prezidenti ma’muriyatining Rossiya – Ukraina inqirozi bo‘yicha harakati Germaniya xavfsizligiga tahdid solmoqda, dedi Kansler Olaf Shols Donald Trampning RF Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqotidan so‘ng.

– Bugun biz AQSH hukumatining hatti-harakati va bayonoti Ukraina, Yevropa va dunyo uchun nimani anglatishiga oid haqiqat bilan yuzma-yuz kelyapmiz, – dedi siyosatchi.  

– Harakatsizlik mamlakatimiz va qit’amiz xavfsizligi xatar ostida qolishini anglatadi. Men bunga yo‘l qo‘ymayman.

Shols so‘nggi tashqi siyosat bilan bog‘liq o‘zgarishlarga to‘xtalarkan, Tramp va Putin so‘zlashuvidan ham, Amerika ma’muriyatining qarashidan ham ajablanmaganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni holat YeI zudlik bilan aniq va qat’iy pozitsiya ishlab chiqishini taqozo etadi.

Shuningdek, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya yetakchilari Ukraina kelajagi bo‘yicha munozarada o‘zlarining ishtiroki muhimligini ta’kidlamoqda, deb yozdi BBC.

Ko‘hna qit’aning yetti davlati tashqi ishlar vazirlari va Yevropa Komissiyasining kecha Parijda bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan so‘ng quyidagi Qo‘shma bayonot e’lon qilingan:

– Ukrainaga yordamni kuchaytirishga tayyormiz. Rossiyaning bosqinchilik urushi asnosida ushbu davlat mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligi ta’minlanishi kerak, degan fikrda sobitmiz. Hamkorimizni adolatli, keng qamrovli va mustahkam tinchlikka erishilgunga qadar qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Tinchlikka erishsak, Ukraina va bizning manfaatimiz kafolatlanadi. Amerikalik ittifoqchilar bilan birga ushbu masala muhokama qilinishini sabrsizlik bilan kutyapmiz. Ukrainani kuchaytirish umumiy maqsadga aylanishi zarur. Ukraina va Yevropa har qanday muzokarada ishtirok etishi shart. Ukraina kuchli xavfsizlik kafolati bilan ta’minlanishi lozim. Adolatli va mustahkam tinchlik kuchli transatlantik xavfsizlikning zarur shartidir. Eslatib o‘tamiz, qit’a xavfsizligi umumiy mas’uliyatimizdir. Shuning uchun jamoaviy mudofaa qobiliyatini mustahkamlash uchun birga harakatlanamiz.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH va Rossiya olib borayotgan tinchlik muzokaralarini qabul qilmasligini ma’lum qildi. AQSH va Rossiya yetakchilarining muloqoti G‘arbning «Ukrainasiz Ukraina haqida hech narsa» siyosatini shubha ostiga qo‘ydi. Endi bu jumlaga Yevropa so‘zi ham qo‘shilishi mumkin. Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Kaja Kallas Yevropa va Ukraina muzokaralar jarayonida ishtirok etmasdan turib, tinchlik bitimi amalga oshmasligini ta’kidladi.

Zelenskiy Ukrainaga AQSH va YeI tomonidan xavfsizlik kafolati berilishi sharti evaziga rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazishga tayyorligini bildirgan.

– Agar AQSH va Yevropa bizni tashlab ketmasligi, mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlab, xavfsizlikka kafolat berishiga ishonganimizda edi, men muzokaraning har qanday formatiga tayyor bo‘lardim, – degan Zelenskiy Britaniyaning «ITV News» telekanaliga bergan intervyusida shu haqdagi savolga javoban. Suhbat chog‘ida Ukraina yetakchisi 2025 yil ushbu ziddiyatga barham berish uchun barcha imkoniyat mavjudligini ta’kidlagan. Shuningdek, u Rossiya tomoniga yer almashish evaziga kelishishni taklif etgan bo‘lsa, Moskva buni rad etgan.

Qo‘shma Shtatlar 14-16 fevral kunlari Myunxenda bo‘lib o‘tadigan Xavfsizlik konferensiyasida Ukraina inqirozini hal qilish rejasini taqdim etadi, deb yozdi «Bloomberg» agentligi. – Loyihani ittifoqchilarga Prezident Donald Trampning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Keyt Kellog taqdim etadi, – deyilgan xabarda. Suhbatdoshlar muhokama formati va tafsiloti haqida ma’lumot bermagan.

YeI yetakchilari Myunxenda Vladimir Zelenskiy bilan muzokara o‘tkazishi kerak bo‘lgan AQSH vitse-prezidenti Jey-Di Vensni ham diqqat bilan kuzatib bormoqda. Ushbu uchrashuvidan keyin AQSHning YeIga nisbatan pozitsiyasi ham oydinlashadi.

«Politico» nashrining yozishicha, Tramp va Putin Saudiya Arabistonida ko‘rishib, urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokara olib boradi. Uchrashuv sanalari hozircha ma’lum qilinmagan.

Frontda urush davom etmoqda

Urushni to‘xtatish bo‘yicha qizg‘in harakatlar ketayotganiga qaramay, har ikki tomon faol jang olib bormoqda. Vladimir Zelenskiy 14 fevralga o‘tar kechasi Rossiya droni Chernobil Atom elektr stansiyasining avariya yuz bergan energoblogi ustidagi xavfsizlik qismiga borib urilganini aytdi.

Mazkur hodisa natijasida bino jiddiy zarar ko‘rgan va yong‘in chiqqan. Yong‘inning o‘z vaqtida o‘chirilganligi sabab hududda radiatsiya darajasi oshmagani aytilmoqda. Hozirda AES energoblogi doimiy kuzatuv ostiga olingan.

Zelenskiyga ko‘ra, Atom elektr stansiyasi ustidagi himoya qatlami Ukrainaning tashabbusi bilan insoniyat xavfsizligini ta’minlashni xohlovchilar Yevropa, AQSH va dunyodagi bir qancha davlatlar ishtirokida barpo qilingan.

Rossiya droni borib urilgan AES ustidagi qoplama 1986 yilgi «Chernobil fojiasi»dan so‘ng radiatsiya tarqalishining oldini olish maqsadida barpo qilingan hamda 2019 yilda foydalanishga topshirilgan. Mutaxassislarning aytishicha, qoplama 100 yil davomida radiatsion xavfning oldini olishi kerak edi.

Rossiya Mudofaa vazirligi 15 fevralga o‘tar kechasi mamlakat hududi uzra 40 ta Ukraina urib tushirilganini ma’lum qildi. Ulardan 17 tasi Volgograd viloyatida, 12 tasi Kaluga viloyatida, 9 tasi Rostov viloyatida va 2 tasi Saratov viloyatida yo‘q qilingan.

Rosaviatsiya 15 fevral kuni ertalab Astraxan, Vladikavkaz, Volgograd, Grozniy, Kaluga, Saratov va Ulyanovsk aeroportlari parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida yopilganini e’lon qilgan. Bir necha soat o‘tib aeroportlar faoliyati qayta tiklangan.

Volgograd viloyati gubernatorining ma’lum qilishicha, dronlardan birining qoldiqlari turar-joy binosi tomiga tushib, bir fuqaro jarohatlangan. Kaluga viloyatida ham dron qulashi oqibatida sanoat korxonasida yong‘in sodir bo‘lgan.

G‘azo masalasi

O‘tayotgan hafta boshida Isroil harbiylari G‘azoning muhim yo‘lagidan chiqib ketdi. «Politico» nashri yozishicha, bu harakat tomonlar imzolagan sulh majburiyatining bir qismidir. Afsuski, Isroil bitimni uzaytirish bo‘yicha muzokarani davom ettirmasligi mumkinligidan xavotir ham bor.

Isroil kelishuv sharti o‘laroq, askarlarini G‘azo shimoli va janubini ajratib turadigan 4 millik Netzarim yo‘lagidan olib chiqishga rozi bo‘ldi. Bu joydan harbiy hudud sifatida foydalanilgan.

Bosh vazir Binyamin Netanyahu vositachi davlatlardan biri – Qatarga delegatsiya yuborayotgan edi, biroq missiya tarkibiga past darajali amaldorlar kiritildi. Bu esa sulh jarayonini muvaffaqiyatli davom ettirish imkonini bermaydi, degan taxminlarni keltirib chiqardi.

Ayni payt Falastin Sog‘liqni saqlash idorasi «Isroil qo‘shini keng miqyosli amaliyot o‘tkazayotgan G‘arbiy Sohilda 20 yoshlar atrofidagi ikki nafar ayol (ulardan biri homilador bo‘lgan) o‘ldirilgani haqida ma’lumot tarqatdi.

Ayrim ekspertlar fikricha, 19 yanvarda tuzilgan sulh bo‘yicha tomonlar tez-tez to‘siqlar, kelishmovchiliklarga duch kelmoqda va bu kelishuv zaifligini namoyon qilayotgandek.

AQSH Prezidenti Donald Tramp agar shanba kuni tushga qadar G‘azoda ushlab turilgan barcha garovga olinganlar ozod qilinmasa, xavfli o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv bekor qilinishi kerakligini aytgandi hafta boshida. Shu bilan birga u qanday yo‘l tutish Isroilga bog‘liqligini ham kinoya bilan qo‘shimcha qilib qo‘ygan. Bu ma’lumotni «Euronews» tarqatdi.

– Bu mening shaxsiy fikrim, Isroil xohlasa, boshqacha yo‘l tutishi mumkin, – degan Tramp.

<iframe width="789" height="444" src="https://www.youtube.com/embed/OY-DLRL7Hw8" title="Yolgʻizlanayotgan Yevropa, Chernobilga zarba va Ukrainaning dronlar yomgʻiri" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Amerika yetakchisi jurnalistlarga bir necha farmoyish imzolagandan so‘ng bergan izohida «asirlar tirik bo‘lmasa, jahannam boshlanishi»ni ta’kidlab, garovdagi ko‘pchilik allaqachon o‘lgan bo‘lishi mumkinligidan xavotir bildirgan.

HAMAS Isroilni uch haftalik sulh bitimini buzish, jumladan hayotiy muhim gumanitar yordamni to‘sib qo‘yishda aybladi.

Sardorbek Poyonov, Doniyor Yoqubov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yolg‘izlanayotgan Yevropa, Chernobilga zarba va Ukrainaning dronlar yomg‘iri (+video)