Yolg‘iz keksalar holidan xabar olindi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani hokimi Samad Hasanovning tashabbusi bilan hokimlik mas’ullari va “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda hududdagi bir guruh yolg‘iz keksalar holidan xabar oldi.
Xususan, tumandagi Ravot, Sayyod, Toshbuloq va O‘rtaqo‘rg‘on MFYlaridagi ehtiyojmand, yolg‘iz keksalarga oziq-ovqatlar jamlanmasi hamda ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berildi.
Qo‘llari duoga ochilgan qo‘llar e’tibordan shukronalik keltirdi.


O‘lmas Barotov, O‘zA