Yolg‘iz ayolga uy qurib berilmoqda
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yashovchi Shukufa Odilova olti yildan buyon turli bo‘sh binolarda yashab kelayotgan edi. Ungacha ham ijarada turgan.
U tuman hokimiga uy-joyga muhtojligi, turmush sharoiti og‘irligi yuzasidan murojaat qilgan edi. Uning oilaviy sharoiti o‘rganilib, “Mahalla” xayriya jamoat fondi qoshidagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan pul ajratildi va hashar yo‘li bilan unga uy qurib beriladigan bo‘ldi.


Tuman hokimi Samad Hasanov va tuman sektor rahbarlari qurilish ishlari bilan tanishib, mutasaddilarga ishni pishiq va sifatli amalga oshirish, qish mavsumi kelguncha qurilish ishlarini yakunlash yuzasidan topshiriq berdi.
O‘lmas Barotov,
O‘zA