Bu harakatlari bilan B. Ismatova Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 40-moddasida nazarda tutilgan mamuriy huquqbuzarlikni sodir etgan.

Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda joriy yil 24-mart kuni elon qilingan “Koʻrgazma videoni kim va qanday maqsadda olganligi nomaʼlum” sarlavhali video postga rasmiy munosabat bildirgani haqida malum qilgan edi.

Bugun Angor tumani mamuriy sudida mazkur videopostni qoʻl telefonida tasvirga olib, undan yolgʻon malumot tarqatib, saxovatpesha tadbirkorni sharmanda qilish maqsadida foydalangan B.Ismatovaning xatti-harakatlari koʻrib chiqilib, tegishli jazo berildi.

Malum boʻlishicha, shu yil 22-mart kuni Angor tumani “Navbahor” mahallasida istiqomat qiluvchi saxovatpesha tadbirkorlardan biri mahalla raisi tavsiyasiga koʻra, mahallada yashovchi bir guruh kam taʼminlangan oilalarga kartoshka, piyoz singari oziq-ovqat mahsulotlarini bepul bergan.

Koronovirus pandemiyasi jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgan bir paytda tadbirkorning bu ehsonini shu mahallada istiqomat qiluvchi ijtimoiy tarmoq faollaridan biri S.Joʻrayev oʻzining “Youtube”dagi kanali orqali targʻib etishini aytib, tasvirga olish uchun hozirgina oʻzi koʻrgan oziq-ovqat mahsulotlari tarqatish jarayonini qayta tashkil etishni iltimos qilgan.

Oʻsha paytda oziq-ovqat mahsulotlarini olgan bir necha fuqaro ularni yana mashinaga joylab, tasvirga olish boshlangandan soʻng kartoshka va piyoz fuqarolarga qayta tarqatilgan. Tasvirga olingan bu jarayon toʻligʻicha shu kunning oʻzida S.Joʻrayevning Youtube”dagi kanalida jaylashtirilib (https://youtu.be/99-CQ-FiWVE), “Tadbirkor Usmon Eshmurodov Angor tumani, “Navbahor“ mahallasi aholisiga yordam qoʻlini choʻzdi”, degan mazmunda minnatdorchilik bildirilgan.

Biroq,oʻsha jarayonni oʻzining qoʻl telefoni orqali tasvirga olgan shu mahallada yashovchi B.Ismatova “Oʻzbekistonda saxiylik uchun berilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini berish jarayoni videotasvirga olingandan soʻng fuqarolardan qaytarib olinmoqda“, deb izoh bergan holda Rossiyaga vaqtinchalik ishlash uchun ketgan turmush oʻrtogʻiga internet orqali tashlab beradi. U Youtube” tarmogʻiga yuborib, sahovatpesha tadbirkorni nohaq obroʻsizlantirgan.

Huquqbuzar ayol sud majlisida oʻz qilmishiga iqror boʻlib, chin koʻngildan pushaymonligi va bunday harakatni boshqa takrorlamasligini bildirdi. Ikki nafar voyaga yetmagan farzandi borligi va oilaviy sharoiti ogʻirligini aytib, oʻziga nisbatan qonuniy yengillik berishni soʻradi.

Sud huquqbuzar va guvohlarning fikrlarini tinglab, uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi borligi va moddiy ahvolini etiborga olgan holda B.Ismatovaga 3 million 345 ming soʻm jarima jazosi tayinladi. Taraflarning huquq va erkinliklariga qilingan tajovuz boʻyicha moddiy hamda manaviy zararni undirish uchun fuqarolik tartibida sudga murojaat etish tushuntirildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yolgʻon xabar tarqatgan ayol sud hukmi bilan jazo oldi
Жамият
19:16 / 26:03:2020