Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar sababli hududlardagi loy ko‘chalar asfalt yo‘llarga aylantirilmoqda. Bugun hududlardagi o‘nqir-cho‘nqir ichki ko‘chalarga beton qoplama yotqizilib, ravon yo‘laklar bunyod etilmoqda. Yo‘llar zamonaviy infratuzilma asosida qayta barpo etilmoqda.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi axborot xizmati hududlardagi ta’mirlanayotgan yo‘llar haqida ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, davlatimiz rahbarining 2022 yil 4 apreldagi tegishli qarori bilan 4R105 “Darband—Boysun—Elbayon” avtomobil yo‘lining 65 kilometri hamda 4R100 “Manguzar—Jarqo‘rg‘on—Bandixon—Oltinsoy—Denov” avtomobil yo‘lining 46 kilometr qismlarini rekonstruksiya qilish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Sement-beton qoplamali qilib bunyod etilayotgan avtomobil yo‘lining umumiy uzunligi 111 kilometrni tashkil etadi va Boysun, Bandixon, Qumqo‘rg‘on, Oltinsoy hamda Denov tumanlari hududidan o‘tadi. Loyihaning umumiy qiymati 227,3 million dollar bo‘lib, qurilish-montaj ishlari 3 ta lotga bo‘lingan holda olib borilmoqda.  

Sirdaryo viloyati Guliston tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi tasarrufida jami 123 kilometr avtomobil yo‘li mavjud bo‘lib, shundan 46 kilometrini davlat ahamiyatidagi, 77 kilometrini esa mahalliy ahamiyatdagi yo‘llar tashkil etadi. Mavjud avtomobil yo‘llarining 23 kilometri 2-toifali, 55 kilometri 3-toifali, 17 kilometri 4-toifali, 28 kilometri 5-toifali yo‘llardir.  

Mahalliy ahamiyatdagi 4K653 “Guliston sh.—Parrandachilik “FXXU-Olimjon-FXXU” avtomobil yo‘lining 0—2-kilometrlari oralig‘ida saqlash ishlari bajarilmoqda.  

Navoiy viloyati Navbahor tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan davlat va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarida joriy ta’mirlash va yo‘l holatini saqlash ishlari bajarilmoqda. Xususan, 4N366A va 4R63 avtomobil yo‘llarida yo‘l holatini saqlash, 4N361 avtomobil yo‘lining 3—5-kilometrlari oralig‘ida joriy ta’mirlash, 4R57 hamda 4K389 avtomobil yo‘llarida yo‘l yoqasidagi ko‘chatlarni sug‘orish ishlari amalga oshirilmoqda.  

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish korxonasi” davlat muassasasi tomonidan A-373 “M-39 a/y.—Guliston—Bo‘ka—Angren—Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining 205—218-km, 242—253-km hamda 278—285-km larida saqlash, manzarali ko‘chatlarni parvarishlash, yo‘l belgilarini o‘rnatish ishlari boshlab yuborilgan. 4P-125 “G‘urumsaroy q.—Xonobod q.—Chodak q.—Guliston q.” avtomobil yo‘lining 0—37-km hamda 4K-464 “Qo‘shminor q.—Chodak q.” avtomobil yo‘lining 0—12-km qismlarida saqlash ishlari bajarilmoqda.  

Shuningdek, A-373 “M-39 a/y.— Guliston—Bo‘ka—Angren—Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining 193—205-km, 228—230-km hamda 233—242-km qismlarida yo‘l osti suv inshootlarini tozalash, manzarali ko‘chatlarni parvarishlash, saqlash, BDO-5 to‘siqlarini tartibga keltirish, yo‘l belgilarini o‘rnatish ishlari ham olib borilmoqda.  

Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tasarrufidagi Chortoq tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi xodimlari tomonidan davlat va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llarda hamda hududdagi ichki ko‘chalarda haydovchi va piyodalar uchun qulaylik yaratish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.  

Xususan, tuman yo‘lsozlari tomonidan 4R 117 avtomobil yo‘lining A.Navoiy mahallasidan o‘tuvchi 42—43-kilometrlari oralig‘ida joriy ta’mirlash va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida asfalt–beton qoplamasini yotqizish ishlari bajarilgan bo‘lsa, tumanning Oq terak mahallasida joylashgan Al-Buxoriy ko‘chasida asfalt–beton yoqasini shag‘al bilan mustahkamlash ishlari amalga oshirilmoqda. Ayni paytda mazkur jarayonlarga 4 ta maxsus texnika hamda 12 nafar ishchi-xodim jalb etilgan holda ta’mirlash ishlari davom etmoqda.  

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Nukus shahri hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatiga ega 4R176A “Nukus temir yo‘l vokzaliga” avtomobil yo‘lining 0—10-km qismlari oralig‘ida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda ushbu yo‘lning 3—4-km qismlarida asfalt-beton yotqizish ishlari bajarilmoqda. Asfalt yotqizish ishlari Qipchoq Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat unitar korxonasi tomonidan olib borilib, qurilish ishlariga jami 20 ta maxsus texnika, 40 nafar ishchi-xodim jalb qilingan.  

Surxondaryo viloyati AYBB va uning tarkibidagi korxonalar tomonidan yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida ichki xo‘jalik yo‘llarida ham keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.  

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yo‘l ravonligi yurt farovonligidan darak