Yo‘l qoidasi umr foydasi
Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismda yo‘l harakati qoidalari va ularga amal qilish masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Harbiy xizmatchilar ishtirok etgan tadbirda “Yo‘l qoidasi umr foydasi”, “Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik”, “Spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda avtomobil boshqargan fuqarolarga nisbatan chora qo‘llash”, “Spirtli ichimlik iste’mol qilgan xolda avtomashina boshqarib yo‘l transport hodisasini sodir etgan fuqaro javobgarligi”, “Hujjatlarsiz avtomashinani boshqarish” va “Harbiy avtomashinalar shahar yo‘llarida harakatlanish tartibi, ularga qo‘yilgan talablar” mavzusida ma’ruzalar tinglandi.

Buloqboshi tumani YHX guruhi katta inspektori sardor Ilyosbek Raimberdiyev, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Andijon garnizoni harbiy avtomobil nazorati noziri kichik serjant Zokir Toshboyev ishtirok etgan tadbirda yul harakati qoidalari mamlakatimiz hududidagi yullarda harakatlanishning yagona tartibini belgilashi ta’kidlandi.

Ushbu qoidalar O‘zbekiston hududidagi barcha yul harakati qatnashchilariga tegishli. Qoidalarga yul harakati mumkin bo‘lgan joylarda, aholi yashaydigan va yashamaydigan yerlarda, har xil yullarda, yul yo‘q joylarda, korxona, muassasa, tashkilot hududlarida va boshqa yerlarda bir xilda amal qilishi tushuntirildi.
O‘zA