Yod tanqisligi inson intellektiga ta’sir qiladi (+video)
Okean va dengizlardan uzoqlik, keskin kontinental iqlim sharoiti xalqimiz salomatligiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Ayrim kasalliklar borki, ular yurtimizda surunkali tus olgan.
Shulardan ba’zilari yod yetishmovchiligi sabab kelib chiqadi. Shu bois O‘zbekiston yod tanqisligi kasalliklari keng tarqalgan endemik mintaqalar sirasiga kiradi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘tkir global tibbiy-ijtimoiy va demografik muammo sifatida baholayotgan ushbu xastalik 130 dan ortiq mamlakatda uchraydi. Dunyo aholisining uchdan bir qismidan ko‘prog‘ida uning rivojlanish xavfi yuqori. Shunday hududlarda yashovchi 740 million nafar kishida yod tanqisligi kasalliklarining turli ko‘rinishlari mavjud va ularning 50 million nafarida miya disfunksiyasi va aqliy zaiflik kuzatilishi kishini yana ham xavotirga soladi. Bu kabi holatlarning asosiy “sababi”i — yod mikroelementidir!
Agar ko‘pchilik qalqonsimon bez butun organizm uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan organ ekanligini bilsa, o‘z munosabatini o‘zgartiradi. Insonning kayfiyati va hatto temperamenti uning ishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Qalqonsimon bez metabolizmning intensivligi uchun mas’ul bo‘lgan gormonlar ishlab chiqaradi, yurak-qon tomir tizimi, oshqozon-ichak trakti ishini, aqliy va jinsiy faoliyatni tartibga soladi.
Odatda, qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolar insonni boshqa sog‘liq muammolariga qaraganda kamroq qo‘rqitadi.
Ammo metabolizm bevosita ushbu organning ishiga bog‘liq.
Xo‘sh, bu modda hayotimizda nega bunchalik muhim ahamiyat kasb etadi?
Ushbu savol bilan mutaxassisga yuzlandik.
Batafsil:
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/k6JqxYUL7O4" title="Yod tanqisligi inson intellektiga ta’sir qiladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, H.Abduvoitov, A.Sodiqov O‘zA