Yoaxim Lyov JCH-2026da ishtirok etadigan terma jamoa boshqaruvini qo'lga olishi mumkin
Germaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yoaxim Lyov tez orada o‘z faoliyatini tiklashi mumkin.
66 yoshli mutaxassis Gana terma jamoasi bilan kelishuvga erishishga yaqin turibdi, deb xabar bermoqda Topskills Sports UK nashri. Germaniyalik murabbiyga bo‘lajak jahon chempionati yakuniga qadar mo‘ljallangan qisqa muddatli shartnoma taklif etilgan.
Yaqinda Gana milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan Otto Addo iste’foga chiqarilgan edi. Bo‘lajak mundialning guruh bosqichida ushbu Afrika jamoasi Panama, Angliya va Xorvatiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, Yoaxim Lyov 2021-yilda Germaniya terma jamoasini tark etganidan beri murabbiylik faoliyatiga qaytmagan edi. 2014-yilda u «Bundestim»ni jahon chempioni qilgan.