Ma’lumki, AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp Kamala Xarris bilan ikkinchi debatdan bosh tortdi. U navbatdagi telebahsdan voz kecharkan, ijtimoiy tarmoq orqali raqibi bundan ko‘ra vitse-prezident sifatidagi ishiga “e’tibor qaratishi” foydaliroqligini eslatdi. Eng qizig‘i, sobiq prezident nimagadir Xarrisni “jangda mag‘lub bo‘lgan bokschi”ga qiyosladi va go‘yoki, “Yiqilgan kurashdan to‘ymas” qabilida yana “jang” xohlayotganini ta’kidladi.

Vaholanki, birinchi debat, katta farq bilan bo‘lmasa-da, kim ustunligini ko‘rsatgandek edi. Ko‘pchilik bu gaplarni “qo‘rqqan oldin musht ko‘tarar”dek qabul qildi. Zero, Donaldning o‘zi ham dastlabki “dahanaki urush” unga yutuq olib kelmaganini sezgan bo‘lsa kerak. Esingizda bo‘lsa, Tramp Jo Bayden bilan bo‘lgan munozarada g‘alaba qozonganini ishonch bilan aytgan edi. Binobarin, vaziyat kutilmaganda o‘zgarib, u endi prezidentlik uchun amaldagi vitse-prezident Kamala Xarris bilan kurashyapti. Hozir tomonlarning yutug‘i va kamchiligi yaqqol ko‘rinib qolgan. Debatni 67 milliondan ortiq kishi kuzatib turdi. Ko‘pchilik Trampning omadi kelmadi, deb hisoblayapti. Aksar ekspertlar esa holatni omadsizlikka yo‘ymayapti. Ularning fikricha, Tramp kutilmagan, “tomdan tarasha tushgandek” rejalari bilan odamlar hafsalasini pir qilgan.  Masalan, u Rossiya – Ukraina urushini bir kunda to‘xtatish to‘g‘risidagi da’vosi yoki migrantlar bilan bog‘liq murakkab va nozik masalada o‘ylamasdan bergan va’dasi uchun ayblanyapti. Mutaxassislar fikricha, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni amalda bir kunda to‘xtatishning iloji yo‘q. Bu davlat boshqaruvi ishiga yuzaki, yengil qarashdan boshqa narsa emas, deyishmoqda ular. 90 daqiqa davom etgan debatda Kamala bir necha bor raqibining jahlini chiqara oldi. “Jahl kelganda aql qochadi”, deyishadi. Ehtimol, aynan shu bois Tramp fikrini jamlab, yaxshi ifoda etolmagandir? Har holda, ko‘pchilik respublikachi nomzodning asabi joyida emasligini sezdi. Da’vogarlarning ikkalasi ham o‘z siyosiy dasturi haqida gapirmasdan, bir-birini tanqid qilishga urg‘u berishdi. Tramp jahl ustida ijtimoiy tarmoq orqali raqibini yomonotliq qilishga urinayotgani ayon. Masalan, u amaldagi Prezident Jo Bayden va vitse-prezident Kamala Xarrisga “mamlakatni yo‘q qilganlik” aybini to‘nkayapti. – Millionlab jinoyatchi va ruhiy kasal Qo‘shma Shtatlarga butunlay nazoratsiz kirib keldi va inflyatsiya o‘rta sinfimizni vayron qildi, – ta’kidladi Donald. Tramp endi teledebat o‘tkazmaslik niyatidaligini aytgandan ko‘p o‘tmay, Kamala xonim yangi bahsga tayyorligini e’lon qildi. – Menimcha, saylovchilar oldida yana bir muloqot o‘tkazish majburiyatimiz bor, – degan u. Xarris kulib aytgan bu gap uning raqibini yana quyushqondan chiqargan bo‘lsa, ajabmas. Trampga birinchi marta suiqasd uyushtirilganda uning saylovda g‘olib bo‘lish imkoniyati oshganini aytishgan edi. Oradan biroz o‘tib, uyushtirilgan ikkinchi suiqasd saylov jarayoniga qanday ta’sir ko‘rsatishini hech kim aniq aytib berolmayapti. Debatdan keyingi dastlabki so‘rov shuni ko‘rsatdiki, teletomoshabinlar g‘alabani Xarrisga berishgan va hatto konservativ sharhlovchilar ham Xonim Trampdan ko‘ra ishonchliroq ko‘ringanini tan olishgan. Sotsiologlar milliy so‘rov xulosasiga tayanib, bo‘lajak saylov natijasini oldindan aytishning, deyarli, iloji yo‘q, demoqda. Shuning uchun navbatdagi bahs juda muhim: saylovchilar orasida “Kimni saylash kerak?” degan savolga javobi yo‘qlar hali ko‘p. Debatlar esa ular bir qarorga kelishi uchun kerak. Xullas, teledebatdan keyingi vaziyat Xarris kichik farq bilan oldinda ekanini ko‘rsatmoqda. Tahlilchilar esa bu holat saylov natijasiga qanday ta’sir qilishi hozircha noma’lumligini ta’kidlashyapti.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/g5eA9SzRPmM?si=ssUTcLvx-7KSlfax" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, O‘zA sharhlovchisi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yiqilgan kurashdan to‘ymaydi(mi?) (+video)