Yiliga 200 mingta kostyum ishlab chiqariladi
Vatanimiz mustaqilligining 26-yillik bayrami arafasida Namangan shahrida yana bir zamonaviy korxona faoliyat boshladi.
Vatanimiz mustaqilligining 26-yillik bayrami arafasida Namangan shahrida yana bir zamonaviy korxona faoliyat boshladi.2009-yildan buyon tikuvchilik sanoati yo‘nalishida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib, o‘z mahsulotlari bilan iste’mol bozoridan mustahkam joy olgan “Tekstil libos” mas’uliyati cheklangan jamiyati kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lida yaratilayotgan keng imkoniyatlardan foydalanib, yana bir loyihani amalga oshirdi.
Ichki imkoniyatlar hisobidan 2 million dollar mablag‘ sarflangan mazkur loyihaga ko‘ra, yangi korxonada xorij texnologiyalari asosida kostyum ishlab chiqariladi. 300 dan ziyod zamonaviy tikuv mashinasi to‘la quvvat bilan ishga tushirilgach, yiliga 200 ming eksportbop mahsulot tayyorlash imkoniyati yaratiladi.
– Iqtisodiyotimiz yuksalib, xalqimiz farovonligi oshib borayotgani iste’molchilarning har tomonlama sifatli liboslarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashni taqozo etmoqda, – deydi korxona rahbari A.Muhiddinov. – Shu bois asosiy e’tiborni raqobatbardoshlikka qaratmoqdamizki, kelgusida mahsulotlarimiz nafaqat ichki, balki jahon bozorida ham xaridorgir bo‘lsin. Buning uchun mamlakatimizda barcha imkoniyatlar mavjud.
Ayni paytda 70 ishchi mehnat qilayotgan “Tekstil libos” mas’uliyati cheklangan jamiyatida yangi korxona ishga tushirilishi bilan yana 110 kishi doimiy daromad manbai bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.
Korxonaning ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi X.Bozorov so‘zga chiqdi.