Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Cho‘llanishga qarshi kurash bo‘yicha BMT Konvensiyasi hayotga joriy qilinishini ko‘rib chiqish qo‘mitasi 21-sessiyasida mazkur tashkilot ijrochi kotibi Ibrohim Tiau ushbu noxush faktni keltirdi.

Mazkur anjumanda 196 mamlakat va Yevropa Ittifoqidan, shuningdek fuqarolik jamiyatlari va ilmiy doiralar vakillaridan tashkil topgan 500 ga yaqin delegatsiya ishtirok etmoqda.

Tadbirda sohada erishilayotgan natijalar tahlil qilinib, Konvensiya tomonidan 2018-2030 yillar strategiyasida belgilangan maqsadga erishish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.

Ma’lumki, keyingi yillarda turli mintaqalarda tez-tez qurg‘oqchilik, o‘rmon yong‘ini va anomal issiq kuzatilmoqda. Bularning bari iqlim va tabiat inqirozi kuchayishiga sabab bo‘ladi. 2015 yildan buyon dunyo bo‘ylab, taxminan, Markaziy Osiyo hududiga teng, ya’ni 4 million kvadrat/kilometr sog‘lom va hosil beradigan yer cho‘lga aylangan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, yer degradatsiyasining mo‘’tadil muvozanatiga erishish uchun 2030 yilgacha 1,5 milliard gektar yer tiklanishi lozim.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yiliga 100 million gektar sog‘lom va serhosil yer yo‘qotilmoqda