Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasida 2021 yilda erishilgan natijalar, o‘ziga xos tajriba va tashabbuslarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Dastavval viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Dilfuza Mustafayeva 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar xususida batafsil ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, mamlakatimiz xalq ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar bugun viloyat ta’limida ham yaqqol o‘z ifodasini topmoqda. Tizim xodimlarining faolligi, tashabbuskorligi, fidoyiligi natijasida o‘tgan o‘quv yilida salmoqli yutuqlarga erishildi. Umumta’lim muassasalarining mamlakat milliy reytingida Buxoro viloyatining eng yuqori pog‘onani egallagani alohida qayd etib o‘tildi.

Tahlillarga yuzlanadigan bo‘lsak mazkur reytingning tuman va shaharlar kesimidagi kuchli o‘ntaligi safida Buxoro shahri 2-, Jondor tumani 3-, Kogon shahri 4-, Kogon tumani esa 7-o‘rindan joy oldi. Ixtisoslashtirilgan maktablar orasida Kogon tumanidagi 1-IDUM kuchli o‘ntalikning 5-qatoriga kirgan bo‘lsa, umumta’lim maktablarimizning 7 tasi – Buxoro shahridagi 38-, 28-, Buxoro tumanidagi 49-, 14-, Jondor tumanidagi 3-, 41- hamda 38-maktablar o‘ntalik qatoridan o‘rin oldi.

[gallery-9154]

Ayni paytda viloyat xalq ta’limi tizimida 530 ta umumta’lim maktabida 321 ming nafardan ziyod o‘quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. Ushbu maktablarda 24 488 nafar pedagoglar faoliyat yuritayotgan bo‘lib, oliy toifali o‘qituvchilar soni 2 940 nafarni (10,3%) tashkil etadi. 2022 yilda o‘tkazilgan attestasiyaning dastlabki natijalariga ko‘ra oliy toifali o‘qituvchilar soni 3 679 nafarni (13,1%) tashkil etmoqda. O‘qituvchilarning 20 231 nafari yoki 82,6 foizi toifaga ega bo‘lgan o‘qituvchilardir. Ta’lim muassasalaridagi pedagoglar sifat tarkibini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli davom ettirilmoqda.

2021-2022-o‘quv yili mobaynida umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini, pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini oshirish maqsadida barcha fanlar yo‘nalishida 165 ta tayanch maktablarida 300 ga yaqin trener-o‘qituvchilar faoliyat olib bordi. 65 ta viloyat o‘quv, ilmiy-amaliy seminarlari o‘tkazildi, viloyat va tuman, shahar fan metodistlari tomonidan 185 ta metodik tavsiyalar, 500 dan ortiq dars taqdimotlari tayyorlanib, umumta’lim muassasalariga yetkazildi. Olib borilgan keng qamrovli harakatlar natijasida 112 nafar o‘qituvchining ish tajribasi viloyatda, 82 nafar pedagog xodimlarning ish tajribasi Respublika miqyosida ommalashtirildi.

Ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish maqsadida ingliz va rus tili bo‘yicha xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda ish olib borildi. Jumladan. “ZO‘R” (“Klass”) loyihasi doirasida 3 nafar rossiyalik, ingliz tili bo‘yicha “English Speaking Nation” loyihasi asosida 2 nafar amerikalik ekspertlar bilan ishlar olib borildi. Yangi o‘quv yilida bu boradagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, xorijiy dasturlar asosida o‘qitiladigan yangi sinflarni tashkil etish rejalashtirildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilish bayonlari topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-2023-o‘quv yilida aniq, tabiiy fanlar va xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha xorijiy mutaxassislarni jalb qilish borasida ishlar olib borilmoqda. bugungi kunga qadar 3 nafar xorijiy mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Pedagog xodimlar bilim va mahoratini oshirish, ularni yangi zamonaviy metodikalar bilan tanishtirish maqsadida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda “Mobil metodik guruh”lar tashkil etildi va ingliz, nemis , fransuz tili bo‘yicha 3 ta metodik guruh o‘quv yili davomida olis va chekka hududlardagi chet tili fani o‘qituvchilari uchun o‘quvlar o‘tkazdi.Shu bilan birga viloyatda ta’lim sifati past va muhiti og‘ir bo‘lgan 15 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagoglariga metodik yordam berish orqali ta’lim sifatini yaxshilash maqsadida aprel oyidan boshlab har oyda ikkita ta’lim muassasasida Buxoro davlat universitetida tashkil etilgan “Mobil metodik guruh” tomonidan ilg‘or o‘qitish metodlari va innovatsiyalarga o‘rgatish ishlari amalga oshirildi.

Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatish ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani barchamizga ma’lum. Bu borada ham samarali natijalarga erishildi.

Ayni paytda viloyat umumta’lim maktablarida 2 841 nafar xorijiy til o‘qituvchilari faoliyat olib bormoqda. Xorijiy til fanlari o‘qituvchilarining 700 nafardan ortig‘i milliy va xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdi. Xorijiy tillarni o‘qitishning sifatini oshirish maqsadida 2021-2022-o‘quv yilida viloyatdagi 14 ta umumta’lim maktablari negizida xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etildi. Xorijiy til fanlari o‘qituvchilarini zamonaviy adabiyotlar, darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash maqsadida 2021 yilda viloyatda faoliyat olib borayotgan 2 639 nafar chet tili o‘qituvchilariga 1 million so‘mdan jami 2 milliard 639 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratilib, shaxsiy plastik kartalariga tashlab berildi. 2022 yilda maktablarni zarur jihozlar bilan ta’minlash uchun 1 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.

2022 yilning fevral-mart oylarida “Eng yaxshi chet tili fani o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tanlovning viloyat bosqichida ingliz tili fanidan Kogon tumanidagi 1-IDUM o‘qituvchisi Shavkat Shodiyev, Jondor tumanidagi 49-IDUM o‘qituvchisi Olim Shodiyev, nemis tili fanidan Shofirkon tumanidagi 28-maktab o‘qituvchisi Sadoqat Allamova, fransuz tilidan Vobkent tumanidagi 21-maktab o‘qituvchisi Shahnoza Xolova g‘oliblikni qo‘lga kiritib, xorijiy davlatlarda malaka oshirish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

G‘olib o‘qituvchilarimiz Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi va Buyuk Britaniyaning nufuzli universitetlaridan biri hisoblanuvchi Manchester Metropoliten Universiteti bilan hamkorlikda ikki haftalik malaka oshirish kurslariga jalb qilindi. Malaka oshirish kurslariga jalb qilingan xodimlarning xarajatlari viloyat mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobilan qoplab berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun ilk marotaba tashkil etilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman (shahar) va viloyat bosqichlari tashkil etildi. Tanlovning viloyat bosqichida 1-o‘rinni egallagan Buxoro shahridagi 40-maktab jamoasi respublika bosqichida ham faol ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi. 400 million so‘m pul mukofoti hamda Buyuk Britaniyaga ta’lim sayohati vaucherini qo‘lga kiritdi.

Iqtidorli o‘quvchilar respublika va xalqaro fan olimpiadalarida ham munosib ishtirok etib kelmoqda. 2022 yilning o‘tgan davrida 8 nafar o‘quvchilar xalqaro fan olimpiadalarida va 7 nafar o‘quvchilar respublika fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Bitiruvchilarning oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish ko‘rsatkichlarini oshirish masalasi ham eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. 2021 yilda viloyat umumta’lim maktablari bitiruvchilarining 32,9 foizi oliy o‘quv yurtlariga qabul qilindi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Buxoro viloyati respublikada yetakchi o‘rinni egalladi.

Tadbirda milliy reytingda yuqori o‘rinlarni qayd etgan maktab direktorlari taqdirlandi. Anjuman davomida jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga boshqarma boshlig‘idan batafsil javob oldi.

Zarif Komilov,
Tohirjon Istatov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yil sarhisobi va kelgusi rejalar