Izchil islohotlar samaralari

Mamlakatimizda tibbiyot yo‘nalishida ilg‘or ta’lim standartlari asosida yuqori bilimga ega mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 12 ta davlat tibbiyot oliy ta’lim muassasasida soha uchun mutaxassislar tayyorlanyapti. Shuningdek, Rossiya, Koreya, Germaniya, Belarus, Turkiya, Ukraina, Hindiston, Italiya, Xitoy, Polsha davlatlarining 25 ta universiteti bilan bakalavriat yo‘nalishi, magistratura va klinik ordinatura mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga muvofiq 1,5 ming nafardan ziyod talaba tahsil olmoqda. Shuningdek, tibbiyot oliy o‘quv yurtlarimiz talabalari orasida Rossiya, AQSH, Hindiston, Pokiston, Turkmaniston, Qozog‘iston kabi 20 dan ziyod davlatlardan kelib bilim olayotgan 5,7 ming nafarga yaqin yoshlar ham bor.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga muvofiq tibbiyot kollejlari negizida tashkil etilgan 72 ta Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 7 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘rta tibbiyot xodimlari tayyorlanyapti.

O‘z navbatida, Chilonzor Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi negizida Hamshiralar akademiyasi tashkil etildi. Mazkur muassasa qoshida Turkiyaning sog‘liq bilimlari universiteti fakulteti ham ochildi.

Prezidentimizning 2023 yil 20 iyundagi tegishli qaroriga muvofiq, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarining bilimlarini (asosiy, klinik va amaliy ko‘nikmalarini) ikki bosqichli baholash va ularning malakasini tasdiqlashning milliy tizimi shakllantirildi.

Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish uchun uzluksiz kasbiy ta’lim portali joriy etildi.

Muhimi, ana shu sohadagi yutuqlarimiz xalqaro miqyosda ham tan olinyapti, e’tirof etilmoqda. 

Toshkent tibbiyot akademiyasi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Toshkent davlat stomatologiya instituti va Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining bakalavriat, magistratura, klinik ordinatura mutaxassisliklari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi va maxsus sertifikatni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonning 8 ta tibbiyot oliy o‘quv yurti dunyoning TOP-1000lik reytingiga kirish uchun xalqaro “reporter” maqomiga ega bo‘ldi.

O‘z navbatida, N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetida mazkur o‘quv yurtining Toshkentdagi filiali uchun 30 nafar o‘zbekistonlik klinik ordinator tayyorlanyapti.

Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlaridan 8 tasi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi. 

2024 yilda 520 nafar mahalliy mutaxassis 37 ta xorijiy davlatning yetakchi tibbiyot va ta’lim muassasalarida malaka oshirdi. Bunda malaka oshirish jarayoniga 168 nafar yetakchi xorijiy mutaxassislar jalb etildi.

Mamlakatimizda klinik ordinatura mutaxassisliklari bo‘yicha kirish imtihonlari bir bosqichli test sinovlari va shaffof tizim asosida o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgani ham joriy yildagi muhim yangiliklardan biri bo‘ldi. O‘z navbatida, ko‘p tarmoqli tibbiyot muassasalarida ish haqi to‘lanadigan internatura tashkil etilishi belgilandi. 

Oliy ta’lim muassasalarining 200 nafar bitiruvchisi magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy universitetlarda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shuningdek, O‘zbekistonda ilk bor yuqori salohiyatga ega xususiy shifoxonalarga klinik ordinatorlarni tayyorlash uchun ruxsat berildi.

Bularning barchasi tibbiyot sohasini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan izchil islohotlar samarasidir.

Xalqaro standartlarga mos kadrlar tayyorlash – zarur masala

Yangi O‘zbekiston tibbiyotini dunyoning rivojlangan davlatlari darajasiga olib chiqish – ustuvor maqsad. Bunga erishish uchun xalqaro standartlarga mos kadrlar zarur. Chunki soha transformatsiyasida ilg‘or tashabbuslar, kreativ yondashuvlar, innovatsion uslublarning ahamiyati katta. 

Prezidentimizning 2020 yil 3 dekabrdagi qarori asosida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining tashkil etilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad shu edi. 

Ya’ni bu orqali sog‘liqni saqlash, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi borasida yuqori malakaga ega oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash, xodimlarni kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish hamda tibbiyot tashkilotlari, jumladan, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini professional mutaxassislar bilan to‘la ta’minlash rejalashtirilgan edi. 

O‘tgan davrda institut jamoasi tomonidan bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi va salmoqli natijalar qo‘lga kiritildi. 

Ayni paytda muassasada 5 ta fakultet, 29 ta kafedra, 9 ta bakalavriat yo‘nalishi, 11 ta magistratura hamda 37 ta ordinatura mutaxassisligi bo‘lib, ularda jami 6 mingdan ziyod talabalar tahsil olmoqda. Ularga 318 nafar yuqori malakali professor-o‘qituvchi saboq bermoqda.

Institut O‘zbekiston bo‘yicha AQSHning qator tashkilotlari tomonidan ro‘yxatga olingan va tegishli sertifikatlarga ega bo‘lgan hamda USMLE dasturi asosida o‘qitayotgan OTM hisoblanadi. Bu o‘quv yurti diplomi AQSHda ham tan olinadi, deganidir. 

Shuningdek, ushbu muassasa 2024 yil noyabr oyidan Germaniyaning ZAB tashkiloti tomonidan Germaniyada diplomi tan olinadigan oliy ta’lim muassasasi sifatida e’tirof etildi. Endilikda institut bitiruvchilari diplomi Germaniyada ham tan olinadi. 

Bundan tashqari, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida Birlashgan Arab Amirliklarining Gulf medical university hamkorligida “Doctor of medicine” (terapiya) mutaxassisligi bo‘yicha 4 yillik magistratura qo‘shma ta’lim dasturi joriy etildi. 

Shunga muvofiq har yili 100 nafar magistrant BAA tomonidan berilgan diplomni olib, Farg‘onada o‘qiydi. Bu yiliga qo‘shimcha 500 ming dollar sarmoya kirib keladi, deganidir. Institutga xorijiy talabalar sonidan kelib chiqib, har yili 5 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritib kelinmoqda va bu mablag‘lar oliy o‘quv yurti salohiyatini yanada yuksaltirishga yo‘naltirilyapti. 

Xususiy tibbiyot muassasalari soni 9 mingdan ortdi

Bugun sog‘liqni saqlash tizimida kechayotgan keng ko‘lamli transformatsiya jarayonlari sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish, bu orqali aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va qamrovini yanada oshirishga qaratilgan. 

Xususan, so‘nggi sakkiz yil davomida tibbiyot yo‘nalishida xususiy sektor ulushini oshirish, nodavlat tibbiyot muassasalari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilyapti. 

Natijada 2017 yilda xususiy shifoxonalar soni qariyb 3,5 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, bugunga kelib ularning soni 9 mingdan ortdi. 

Tibbiyotning nodavlat sektorida ixtisoslik turlari 50 tadan 225 taga oshdi. Shuningdek, xususiy shifoxonalarning tibbiyot ixtisosliklari bo‘yicha litsenziya olishiga imkon yaratildi. 

3 700 dan ko‘proq mavjud nodavlat klinikalar yangi tibbiy ixtisoslik hisobiga o‘z faoliyatlarini kengaytirdi. 

Ta’kidlash lozimki, ayni paytda yurtimizdagi barcha tibbiyot muassasalarida tashkil etilgan o‘rin-joylarning 35 foizi xususiy sektor ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Ya’ni so‘nggi yillarda nodavlat tibbiyot klinikalarida statsionar shifo o‘rinlari soni sezilarli darajada ortib, 2024 yilda 42 750 ga yaqinlashdi. 

Shuningdek, xususiy tibbiyot muassasalarining barchasida ambulator, 1530 dan ortig‘ida statsionar xizmatlari tashkil etilib, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat turlari 726 tadan 2 251 taga oshdi. 

Albatta, bunday ijobiy o‘zgarishlar tufayli bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimida nodavlat tibbiyotning ulushi 30 foizga yetdi. 

Jumladan, laboratoriya xizmatlarining 40 foizi, oftalmologiya va operativ oftalmologiyaning 60 foizi, LOR va endoskopik LORning 70 foizi va stomatologik tashxis hamda muolajalarning 91 foizi aynan xususiy klinikalar tomonidan ko‘rsatilyapti. 

Yaqin kelajakda mazkur yo‘nalishda yangi nodavlat tibbiyot muassasalarini tashkil etishda xalqaro standartlarni joriy etish, xususiy sektorda tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, “xavfsiz tibbiyot” prinsipini amaliyotga tatbiq qilish, tibbiy xizmatlar iste’molchilarining huquqlarini ishonchli himoya qilish hamda sohada sifat ko‘rsatkichlarini yanada oshirish ko‘zda tutilgan. 

Farmatsevtika – jadal rivojlanayotgan soha

Keyingi yillarda mamlakatimizda farmatsevtika sohasi jadal rivojlanmoqda. Bu esa nafaqat ichki bozorni sifatli va raqobatbardosh dori-darmonlar bilan ta’minlash, balki yurtimiz eksport salohiyatini yuksaltirishga ham xizmat qilmoqda. 

Joriy yilda 5,1 trln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. 310 mln. dollarlik investitsiya o‘zlashtirilib, 28 ta loyiha amalga oshirildi. Ilk bor Fransiya, Germaniya, Daniya va Slovakiya kabi davlatlarga eksport amalga oshirilib, tashqi savdo geografiyasi kengaydi va umumiy hajmi 200 mln. dollarga yetdi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 765 mlrd. so‘mlik yangi mahsulotlar ishlab chiqarildi. “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasterida 1,4 mlrd. dollarlik 41 ta loyiha ro‘yobga chiqarildi. 

Umuman, oxirgi yetti yilda ushbu sohada ishlab chiqarish hajmi 2 marta oshgan bo‘lsa, eksport 11 barobarga ortgan. Shularga mos ravishda 750 million dollarlik investitsiya o‘zlashtirilgan va natijada ushbu yo‘nalishdagi korxonalar soni 3 martaga ko‘payishiga erishilgan. 

Ammo bu chegara emas, yurtimizning farmatsevtika salohiyati nihoyatda yuqori. 

Yaqinda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Tashkent Pharma Park” innovatsion klasterida farmatsevtika sohasidagi korxonalar rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan muloqoti davomida ayni masala keng tahlil qilindi. Muhimi, davlatimiz rahbari tomonidan tarmoq istiqboliga yo‘naltirilgan bir qator tashabbuslar ilgari surildi. 

Jumladan, unga ko‘ra 2025 yilda keng iste’mol qilinadigan 200 turdagi dori vositalarini o‘zlashtirish va ishlab chiqarishni 2 barobar oshirishga doir maxsus dastur tayyorlanadi. 

Farmatsevtika tarmog‘ida Ilg‘or loyihalar investitsiya jamg‘armasi tuziladi va u biofarmatsevtika, hujayra texnologiyalari, onkologiya kabi yo‘nalishlardagi loyihalarga ulush bilan kiradi va ularga katalizatorlik qiladi. Yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish, startap loyihalarni moliyalashtirish uchun 10 million dollarlik venchur kompaniya ochiladi va startap loyiha chetdan qancha mablag‘ jalb qilsa, mazkur kompaniya shuncha pulni qo‘shimcha ekspertizasiz beradi. Innovatsiya jamg‘armasidan 20 milliard so‘m grant ajratiladi va u yangi ishlanmalar uchun yo‘naltiriladi. Kelgusi yilda har biri 5 gektardan iborat bo‘lgan dorivor o‘simliklar plantatsiyalari barpo etiladi va ularni qayta ishlash bo‘yicha 5 ta namunaviy loyiha ro‘yobga chiqariladi. 

Mohigul Qosimova tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yil sarhisobi: tibbiy ta’lim, nodavlat sektor, milliy farmatsevtika sohasida qanday natijalarga erishildi?