Poyoniga yetib borayotgan yil maktabgacha va maktab ta’limi tizimi uchun ham yutuqlarga boy bo‘ldi.

So‘nggi yillarda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida uzluksiz ravishda izchil islohotlar olib borilmoqda. Buning natijasida ta’lim maskanlarining soni va ulardagi sifat ko‘rsatkichlar yildan-yilga ortib bormoqda. 

Xususan, yangi turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ortidan davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 2017 yilga nisbatan qariyb 8 barobarga ko‘paydi hamda 5 ming 200 tadan 37 mingtaga yetkazildi. 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yilda 4 ming 644 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti (170 ming 310 o‘rin) tashkil etildi. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrov darajasi 76 foizga, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov qamrovi 96 foizga yetkazildi. 

6 ming 841 ta davlat bog‘chasi 49 nomli o‘quv-metodik va didaktik materiallar, 170 ta davlat bog‘chasi 170 ta interaktiv doska va 5 100 ta planshet bilan ta’minlandi. 

Kasb-hunarga o‘qitish amaliyoti joriy etilgan maktablar soni 289 taga, yangi baholash tizimi joriy etilgan maktablar soni 1 ming 500 taga, ikkinchi xorijiy til o‘qitiladigan maktablar soni 354 taga yetkazildi. 

500 nafar xorijiy davlatlardan chet tili fani o‘qituvchilari jalb etildi. B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega chet tili fani o‘qituvchilari 29 ming 1 nafarga (59,1 foiz)ga yetdi. 

339 ming 94 nafar (63,02 foiz) o‘qituvchi yangi tartib asosida malaka (test) sinovidan o‘tkazildi. 12 ming 738 nafar birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-o‘qituvchi kasbiy sertifikatsiyadan o‘tkazildi. 

Xalqaro olimpiadalarda 128 ta (15 ta oltin, 36 ta kumush va 77 ta bronza) medal qo‘lga kiritildi. G‘olib o‘quvchilar 1,4 milliard so‘m, ularning ustozlari esa 1,9 milliard so‘m miqdorida rag‘batlantirildi. Buxoro shahrida ilk bor Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi tashkil etildi. 

420 ming 571 nafar rahbar va pedagog kadr malakasi oshirildi. 142 nafar pedagog xorijiy davlatlarda malaka oshirdi. 1 ming 54 nafar maktab direktori va 1 ming 613 nafar direktorlikka nomzod “Menejerlik o‘quv kursi”da o‘qitildi va ularning 1 ming 766 nafariga sertifikat berildi. 

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 104 ming nafar o‘quvchi xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdi. 78 nafar pedagog davlat mukofotlari, 1 ming 53 nafari “Xalq ta’limi fidoyisi”, “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. 

401 ta maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlandi va 105 mingdan ortiq yangi o‘quv o‘rni yaratildi. 10 ming 160 ta maktab 61,8 milliard so‘mlik sport jihozlari va 46 milliard so‘mlik milliy musiqa cholg‘u asboblari bilan ta’minlandi. 115 ta nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti tashkil etildi va 39 ming 723 ta yangi o‘quv o‘rni yaratildi. 

Inklyuziv ta’lim joriy etilgan maktablar soni 947 taga (1 901 nafar o‘quv o‘rni) yetkazildi. Buxoro, Namangan va Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahrida “Mehrli maktab” filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 

A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti va 13 ta Pedagogik mahorat markazi transformatsiya qilindi. Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti qayta tashkil etildi. 

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Samarqand viloyatidagi jami 504 o‘rinli filiallari tashkil etildi. Prezident maktablari SAT xalqaro sertifikati imtihonlarini o‘tkazadigan rasmiy markaz sifatida tan olindi. 

Prezident maktablari bitiruvchilarining 81 foizi xalqaro matematika va ingliz tilini bilish darajasini baholovchi (SAT) sertifikatlari, ijod maktablari bitiruvchilarining 90 foizi, ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilarining 56 foizi xalqaro va milliy darajadagi sertifikatlarni qo‘lga kiritdi. 

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi sport maktablari tashkil etildi. 

Bularning bari yosh avlodning hech kimdan kam bo‘lmay voyaga yetkazish borasida olib borilayotgan yangilanish jarayonlarining amaliy natijasi. 

N.Usmonova, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yil sarhisobi: Maktabgacha va maktab ta’limi islohotlari