Jizzax viloyatida joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida 24 ming 450 ta, shundan 21 ming 932 ta jismoniy va 2 ming 518 ta yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan yer uchastkalari va ko‘chmas mulklarga kadastr pasporti tayyorlab berilgan. Bundan tashqari, 6 ming 825 ta yer uchastkalari va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar hamda tuzilgan bitimlar, 2 ming 452 ta qurilishi yakunlangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish haqidagi dalolatnomalar Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi va uning tuman, shahar filiallari tomonidan  joriy yilda amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan tadbirda shular haqida ma’lumot berildi. Unda erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sarhisob qilinib, yuzaga kelgan xatoliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqildi.  ]

Hisobot davrida bo‘sh yerlarni auksionga chiqarish yo‘nalishida Vazirlar Mahkamasining joriy yil 14 fevraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan yangi tartib joriy etilgandan keyin onlayn elektron tanlov orqali 22 ming 423 ta yer maydonlari auksion savdolariga yuborilgan.  

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha kelib tushgan  murojaatlar boshqarma tomonidan o‘z vaqtida ko‘rib chiqilgan. 80 ga yaqin arizaga ijobiy xulosalar berilgan. Shuningdek, joyiga chiqqan holda topografik xaritalar shakllantirilib tizimga kiritilgan. Ayrim  arizalar tegishli tartibda rad etilgan.  

Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi xodimlari prokuratura, sud, soliq idoralari hamda majburiy ijro byurosi kabi tegishli soha vakillari bilan hamkorlikda yer nazorati tizimida amaliy ishlar olib borishda davom etmoqda.  

Bekzod Qosimov,    

Davlat kadastrlari palatasi Jizzax  

viloyati boshqarmasi axborot xizmati rahbari  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yil sarhisobi: aniqlangan kamchiliklar bartaraf etiladi