Yil oxirida Al-Ninyo kuzatiladimi?
AQSH Milliy okean va atmosfera tadqiqoti boshqarmasi (NOAA) tarqatgan xabarga ko‘ra, oktabr-dekabr oylarida Al-Ninyo hodisasi kuchi tarixiy darajaga ko‘tarilishi ehtimoli taxminan 70 foizni tashkil etmoqda.
Shu davrda iqlim o‘zgarishi jadalligi selsiy o‘lchami bo‘yicha me’yordan 2,5 daraja yuqori bo‘lishi ehtimoli 69 foizga tenglashadi. Agar taxmin tasdiqlansa, bo‘lajak hodisa NOAA tadqiqot olib bora boshlagan 1950-yildan keyingi eng kuchli darajaga chiqadi.
Olimlar ta’kidlashicha, yangi anomaliya ilgari kuzatilgan eng og‘ir davrlar, jumladan 1982-1983 va 1997-1998-yillardagi ko‘rsatkichdan o‘tib ketadi. Bunday miqyosdagi Al-Ninyo dunyoning ayrim hududlarida kuchli yog‘ingarchilik va suv toshqiniga sabab bo‘lsa, boshqa mintaqalar, xususan Avstraliya va Indoneziyada qahraton qurg‘oqchilik xavfini tug‘diradi. Janubiy Amerika, Afrika va AQSHning ayrim tumanlarida ham ob-havo sharoiti keskin o‘zgarishi kutilyapti.
Binobarin, mutaxassislar hatto rekord darajadagi Al-Ninyo ham muayyan hududda aniq bir oqibat yuzaga kelishini kafolatlamasligi, mahalliy iqlimga atmosferadagi boshqa hodisa yoki jarayon ham ta’sir o‘tkazishi mumkinligini eslatib o‘tgan.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA