Bugun ayollarning sohalardagi ulushi ortmoqda. Ular tibbiyot tizimida 77 foizdan ko‘proqni, ta’lim sohasida salkam 74, savdoda 49, iqtisodiyot tarmoqlari, sanoat va ishlab chiqarishda qariyb 46, madaniyat va sportda 45, qishloq xo‘jaligida 42 foizdan ziyodni, moliya va sug‘urta faoliyatida 37 foizdan ortiqni, axborot va aloqa xizmatida 35, professional, ilmiy va texnik faoliyatda qariyb 34 foizni, davlat boshqaruvi va mudofaa tizimida 27 foizdan ko‘proqni tashkil etmoqda.

Davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan ibratli, faol xotin-qizlarni aniqlash, ularning faoliyatini keng targ‘ib etish maqsadida “Yil ayoli” milliy tanlovini o‘tkazish belgilangan bo‘lib, mazkur tanlovda nafaqat o‘z yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat bilan kamida 5 yil mobaynida uzluksiz shug‘ullanib kelayotgan, yutuqlarga erishgan ayollar, balki uy bekalari ham ishtirok etishi mumkin. Tanlovda ishtirok etishni istagan xotin-qizlar 35 yoshdan yuqori bo‘lishi kerak.

Joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida respublikaning barcha shahar va tumanlarida tanlovning tuman (shahar) bosqichlari yuqori darajada tashkil etildi. Tanlovning tuman (shahar) bosqichlarida respublika bo‘yicha jami 3 ming 202 nafar ayol ishtirok etib, natijalarga ko‘ra, ular orasidan tegishli nominatsiyalar bo‘yicha 1 ming 356 nafar ishtirokchi tanlovning Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichida ishtirok etish uchun tanlab olindi.

2023 yil 10 noyabr-7 dekabr kunlari tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi. Tanlovning hududiy bosqichlarida 208 ta tuman (shahar)lardan jami 1 ming 356 nafar xotin-qiz ishtirok etib, g‘oliblar tegishli nominatsiyalar bo‘yicha tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Bugun poytaxtimizda tanlovning respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva tabrik so‘zi bilan ochib berdi.

– Qonunchilik institutining vakili sifatida shuni g‘urur bilan aytib o‘tishni istardimki, qabul qilingan 40 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar mamlakatimizda istiqomat qilayotgan xotin-qizlarga keng sharoit va cheksiz imkoniyatlar yaratib berishga xizmat qiladi, – dedi Tanzila Norboyeva. – Biz mamlakat rivoji uchun qabul qilinayotgan qonunlarda ayollar ovozi, ayollarning fikri inobatga olinishini orzu qilar edik. Bugun xotin-qizlarga mana shunday ishonch bildirilayotganini g‘urur bilan ayta olamiz. Uzoq yillar davomida ayol kishining rahbar bo‘lishi istisno sifatida qabul qilindi. Vaqt o‘tib, tartiblar o‘zgardi. O‘zbekistonda ayollar manfaatiga zid birorta hujjat qabul qilinmaydi. Agar biz yanada faolroq bo‘lsak, o‘z ustimizda yanada ko‘proq ishlasak, kelgusida Parlamentda, Mahalliy kengashlarda ayollarning soni bugungidanda ko‘proqni tashkil etadi.

Mazkur “Yil ayoli” hamda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi uchun respublika bosqichiga 11 ta nominatsiya bo‘yicha 144 ta hujjat taqdim etildi. G‘oliblarni aniqlashda respublika tashkiliy qo‘mitasi tomonidan 144 nafar ishtirokchining hujjatlari tanlov nizomida belgilangan shartlar asosida baholanib, ularning faoliyati, davlat va jamiyatda tutgan o‘rni, faolligi, shuningdek, mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ayniqsa oila, xotin-qizlarni yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat hamda jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash borasidagi bilimlariga e’tibor qaratildi.

“Yil ayoli” tanlovining respublika bosqichida belgilangan 3 ta shart asosida ishtirokchilarning to‘plagan ballariga qarab, oliy o‘rin, 1, 2 va 3-o‘rin hamda belgilangan nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.  

Tanlovning respublika bosqichida oliy o‘rin Gran-pri hamda 1, 2 va 3-o‘rinni egallagan ishtirokchilar Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan taqdirlandi. Xususan, oliy o‘rin Gran prini qo‘lga kiritgan ishtirokchi oliy darajadagi diplom, statuetka va Prezident sovg‘asi avtomobil bilan, 1-o‘rinni olgan ishtirokchi 1-darajali diplom va bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan (17 million so‘m), 2-o‘rinni olgan ishtirokchi 2-darajali diplom va bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan (10,2 million so‘m) va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi vakillari, diplomatik korpus va xorijiy tashkilot vakillari, barcha vazirlik va idoralarning rahbar va xodimlari, hududlardan kelgan turli sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar ishtirok etdi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yil ayoli” tanlovi g‘oliblari va gender tengligi uchun kurashgan eng faol tashkilotlar aniqlandi