Yigitlar harbiy xizmatga yo‘l oldi
FOTOREPORTAJ
Sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, harbiy libos kiygan chaqiriluvchilar o‘z yigitlik burchini ado etish uchun mamlakatimizning barcha hududlaridan tantana bilan muddatli harbiy xizmatga kuzatilmoqda.
[gallery-10955]
Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridan muddatli harbiy xizmatga ketayotgan o‘g‘lonlar Sharqiy harbiy okrug hududida yig‘ildi.
Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Oybek Saidov ishtirok etib, yigitlik burchini ado etish uchun otlanayotgan o‘g‘lonlarga omad va zafarlar tiladi.
Marosimda faxriy qorovul hamda harbiy orkestr jamoalarining tantanavor chiqishi namoyish etildi.
Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda chaqiriluvchilarning yaqinlari ishtirokida yigitlar harbiy xizmatga kuzatildi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA